Mazali gulkaramli salat 🤤

Mazali gulkaramli salat 🤤


1 ta gulkaram

3 ta bodring

3 ta pomidor

1 ta qizil bolgarski

1 ta yashil bolgarski

2 ta qizil sabzi

3 ta tuxum

100 gr un

2 dona chesnok

2 osh qoshiq soya

Tabga koʻra tuz

Kashnich, ukrop

Gulkaramni boʻlaklarga boʻlip, suv va tuz solib qaynatib pishirip olamiz. Pishgunicha sabzavotlarni videoda koʻrsatilgandek toʻgʻrab olamiz.

Pishgan gulkaramni avval unga keyin tuxumga botirib, qizigan yogʻda qizartirib qovurib olamiz.

Alohida tovada yogʻ qizdirib qirgʻichdan chiqarilgan sabzi solib bir ikki aylantirib ustidan rangli bolgarski, chesnok, soya solib qovurib olamiz.

Toʻgʻrab olgan massamiz bilan qovurib olgan massamizni aralashtirib hohishga koʻra koʻkat solamiz.

Bir koʻrishda ishtaha ochar salatimiz tayyor boʻldi. Retsept yoqqan boʻlsa duo qilishni unutmang🤲🏻

tass_cooking sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page