Mazali bulochkalar 🤩
❤️mehringizni kutaman😍
300 ml sut
2 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq droja
60 gr saryogʻ
0,5 choy qoshiq tuz
450 gr un
200 gr sir
1 ta tuxum
Iliq sutga shakar, droja solib ustini yopip apara qilib olamiz. Oshgan aparamizga eritilgan saryogʻ,tuz solib aralashtirib un solib oʻrtacha yumshoqlikda hamir qoramiz. Hamirimizni 1 soat oshirib olamiz.
Oshgan hamirimizni zuvalachalarga boʻlib, yoyib olamiz. O’rtasiga qirgʻichdan chiqarilgan sir qoʻyib videoda koʻrsatilgandek tugib olamiz.
Ustiga tuxum sarigʻiga sut solib aralashtirib bulochkalarimiz ustida surtib olamiz. Tabga koʻra kunjut sepip 180* da 25,30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Noodatiy bulochkalarimiz tayyor boʻldi. Retsept yoqqan boʻlsa Nodirangizni duo qilishni unutmang.
Tass_cooking sahifasidan olindi