MayoqHub Farg'ona 2-qabul
MuhammadjavohirKurs ko'lami: Frontend dasturlash asoslari. Verstka
O'rganiladigan texnologiyalar: HTML, CSS, moslashuvchan sayt tuzish, Sass, Bootstrap, JavaScript DOM
Kurs davomiyligi: 6 oy. Shu muddatda yuqoridagi texnologiyalarni puxta o'rganib chiqish talab qilinadi.
Darslar formati: Haftada 6 kun 4 soatdan MayoqHub ofisiga qatnab o'qiladi. 2 vaqtdan birini tanlash mumkin: 9:00-13:00 yoki 14:00-18:00. Mavzularni Muhammadjavohir Sur'atovning videokursini ko'rib o'rganiladi. Darslar bo'yicha savollar bo'lsa, har hafta 1 marta Zoom uchrashuv bo'lib o'tadi.
Qulayliklar: Xonada internet, choy, kofe va kichik kutubxonamiz bor.
Ofis manzili: Sayilgoh 29. Evos joylashgan bino 2-qavati. Dong Eun akademiyasi bilan bir binoda.
Kurs kimlar uchun: Dasturlash sohasiga yangi yoki ozroq tajribasi borlar uchun. O'quvchilar yoshi chegaralanmagan. Asosiy talab - belgilangan vaqtda xonada bo'lib o'rganish, loyihalarni vaqtida topshirish. Maktab yoshidagi o'quvchilar ham o'zlarini sinab ko'rishlari mumkin.
Kurs to'lovi:
Oyiga 500 ming so'm. Shunda 6 oy uchun jami 3 million so'm bo'ladi.
6 oy uchun bittada to'lov qiluvchilarga 500 ming chegirma bor.
Kursning natijasi:
Verstka bo'yicha 10 dan ortiq saytlardan iborat portfolio.
Kursga qiziquvchilar quyidagi formadan ro'yxatdan o'tishlari mumkin. Kelayotgan shanba kuni ro'yxatdan o'tganlar bilan MayoqHub Farg'ona ofisida uchrashuv bo'ladi. U kungacha ham qo'shimcha savollar bo'lsa, ro'yxatdan o'tish formasi yoki Mayoq kanalidagi postda qoldirishingiz mumkin.