Mayning faoliyati bilan qonuniy shug‘ullanish mumkin.

Mayning faoliyati bilan qonuniy shug‘ullanish mumkin.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Yurtimizda mayning fermalarning ruxsatnoma va xujjatlarsiz, elektr energiyasidan foydalanib, elektr tarmogʻiga oʻz boshimchalik bilan hisoblagichlarsiz ulanib olishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Bu esa oʻz navbatida noqonuniy faoliyat yuritayotgan mayning fermalar tomonidan sarflanayotgan elektr energiyasi hisobiga, isteʼmolchilarga xizmat qilayotgan transformatorlarga hamda elektr tarmoqlarga ortiqcha yuklama tushishi bilan bir qatorda davlat mulkiga katta zarar ham yetkazmoqda.

Xo‘sh, mayning faolyatini mamlakatimizda qonuniy yoʻl bilan amalga oshirsa buladimi?

2023 yil 29 sentyabrda Adliya vazirligida davlat nizomi bilan Oʻzbekiston hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish, hamda faolyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Unga koʻra, mayning faoliyati faqat yuridik shaxs tomonidan, quyosh fotoelektr stansiyalar orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Maynerlar oʻz faoliyatini faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda, yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega. Oʻzbekiston hududida quyidagilarni amalga oshirish taqiqlanadi:

- yashirin mayningni;

- anonim kripto-aktivlar mayningi;

- roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilga mos kelmaydigan joyda mayningni amalga oshirish;

- ruxsatnomasiz mayningni amalga oshirish.


Hurmatli isteʼmolchilar!

- Mayning bilan shugʻullanuvchi shaxslarning yagona energotizimiga noqonuniy ulanishi holatlari aniqlanganda, ularga nisbatan belgilangan tarif 5 barobar oʻsuvchi koiffsent bilan hisob- kitob qilinishi va tegishli tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantiramiz.

Agar qayerdadir noqonuniy mayning fermasi ishlayotganini bilsangiz, zudlik bilan 102 yoki 75-221-13-36 raqamlarga qoʻngʻiroq qiling.


Sherali Abdinazarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi bosh mutaxassisi.



Report Page