Mayin kotlet 😋

Mayin kotlet 😋


Assalomu alaykum, yaqinlarim. Bugun sizlar bilan garnerni oʻzgacha uslubda tayyorlaymiz. 

💠 Buxanka non – 1 dona

💠 Piyoz – 1 dona

💠 Qiyma – 250-300 gr 

💠 Koʻkatlar

💠 Taʼbga koʻra tuz, paprika, kashnich urugʻi 

💠 Kartoshka – 1 dona katta

💠 Oʻsimlik yogʻi 

💠 Slivichnoye maslo – 50 gr

💠 Mayonez

💠 Garner

💠 Grechka

1⃣ Ishni dastlab nonni sutga ivitib qoʻyishdan boshlaymiz. Piyozni mayda qilib toʻgʻraymiz va alohida idishda qiyma bilan aralashtiramiz. Soʻngra koʻkatlarni ham maydalab solamiz. Ivigan nonimizni ham solamiz. Tuz, paprika va kashnich urugʻi ham solib, qoʻlimiz bilan yaxshilab aralashtiramiz. 

2⃣ Kartoshkani esa qirgʻichdan chiqarib, siqib, suvidan ajratib olamiz. Duxovka listining tubini yogʻlab, massamizdan shakllar berib terib chiqamiz. Kotletlar ustidan kartoshkalarimizdan qatlamlar qoʻyib chiqamiz. Uning ustidan qirgʻichdan chiqarilgan pishloqni ham joylaymiz va mayonez surtamiz. 

3⃣ Duxovkada 180°C da qizartirib pishirib olamiz. Oʻrtacha olovdagi tovaga slivichnoye maslo boʻlagini eritib, garner va grechkani aralashtirib, erigan yogʻda qizdirishni boshlaymiz. Bir stakan suv quyib, tuz solib, suvi tortilib ketgunicha qaynatamiz. Suvi tugagach, tovaning ustini yopib, dimlab qoʻyamiz. Pishib chiqqan garner va kotletlardan tovoqqa oʻz didingizga qarab tortishingiz mumkin.

turkona__cooking sahifasidan olindi

Kunlik_retseptlar

Report Page