Mavzu:Yangi oʻzbekiston -mening tassavurimda.

Mavzu:Yangi oʻzbekiston -mening tassavurimda.

Buxoro Davlat Universiteti Filologiya va tillarni oʻqitish oʻzbek tili yoʻnalishi 6-8Uzb20guruh talabasi Esanova Sabrinang insh…

Reja:


I.Kirish


Vatanni sevmoq iymondandir.


II.Asosiy qism


1.Oʻzbekistonning tarixdagi zahmatlari.


2. Yangi Oʻzbekiston- yangi imkoniyatlar.


3.Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar ,keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda.


III.Xulosa


Oʻzbekistonning yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari beqiyosdir.


"Yangi Oʻzbekistonni albatta yoshlar bilan birga quramiz". Sh.M.Mirziyoyev.


Vatan-bu soʻz har bir komil inson tilida eʼtirof va hurmat bilan tilga olinadi.Negaki ,Vatan bizga olloh tomonidan berilgan eng buyuk neʼmat boʻlib u haqida qancha yozsak ham yana qaysidir jihati qolib ketayotgandek. Gʻoyo misralar ojiz rangsiz gaʼribday tuyulaverarkan.Vatan haqida yozmoqchi boʻlganlaring shu qadar koʻpki hisobdan adashib ketasan kishi .


Xalqimizda odatda vatan soʻziga ona soʻzini qoʻshib talaffuz qilishadi.Ona Vatan . Bu Vatanning onaday aziz ,mehribon,jonkuyarligiga ishora boʻlsa kerakda .Axir inson uchun onadan aziz kishi bormi ?. Shuning uchun ham vatan haqida gapirilganda ʼʼVatanni sevmoq iymondandir,, deyishadi.Vatan bu bizning ilk koʻz ochib koʻrgan uyimiz,kindik qonimiz tokilgan zamin,barkamol ,komil inson boʻlib yetishimiz uchun beqiyos hissa qoʻshadigan zamin.Undagi har bir qir-u adrlar,bogʻ-u rogʻlari,togʻ-toshlari,bizga onamizdek aziz va moʻtabar.Kindik qoni tomgan zaminimiz sahrosidagi tuproq zarrasi ham oltinga teng beʼbaxo nematdir.Dengiz uchun har bir suv zarrasining oʻrni boʻlgani kabi yurtdagi har bir qarich yerning oʻz oʻrni ,qiymati bor .

Yurt tinchligi, osoyishtaligi undagi yashayotgan har bir kishining baxt-u iqboli poydevori sanaladi.

Sobiq Shoʻro davridagi Oʻzbekistonning boshdan kechirgan qora kunlari ,urush girdobidagi damlari hatto-ki beshikda yotgan murgʻak chaqaloqlarni ham chetlab oʻtmagani barchamizga maʼlum .

Mustaqillikka erishganimizdan keyingi nurafshon kunlarimiz ota-bobolarimizning ogʻir mehnatlari va zahmatlari evaziga barpo boʼlgani barchaga malum. Insonlarning och-nahor ,usti yupun ,bir burda nonga zor muhtoj boʻlganliklari hozirgi dorilamon kunlarimizning kechasi edi.

Yangi Oʻzbekiston yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va islohotlar keng koʻlamlidir.Misol tariqasida aytadigan boʻlsak ikkiming oʻn oltinchi yil qabul qilingan ʼʼYoshlarga oid davlat siyosatiʼʼtoʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida yoshlarga oid davlat siyosatining yoshlar ning ijtimoiy jihatdan shakllantirish , intellektual ijodiy mahoratini shakllantirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish , Oliy Majlis palatasida,,Yoshlar parlamenti"hududlarda ,,Loyihalar fabrikasi,,ish boshlagani, ,,Kamolotʼʼ negizida ,,Yoshlar ittifoqi,,tashkil etilgani ,,Besh Tashabbus Loyihalar Ofisi ʼʼ, ,,Sport karvoniʼʼ, ,,Bir million dasturchi", "Eng yaxshi kitobxon" kabi tanlovlari yoʻlga qoʻyilgani Yangi Oʻzbekistonning yangi imkoniyatlari zamini ekanligi fikrimizning yaqqol ifodasi desak mubolagʻa boʻlmaydi.Bundan tashqari ,,Xalq qabulxonaʼʼsi xalqimizning ogʻirini yengil uzogʻini yaqin qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hattoki keksalar, nuroniylar, mehnat faxriylari,2-jahon urushi qatnashchilari eʼtibordan chetda qolmay davlatimiz tomonidan qoʻllab -quvvatlanib ularga amaliy jihatdan yordam koʻrsatilayotgani , dorixonalardagi narx- navoning tartibga solinganligi ,(qishloq va shahar dorixonalaridagi narxlar bir xilligi ) koʻz oʻngimizdagi sodir boʻlayotgan hodisalardan bir namuna hisoblanadi .

Oʻylab koʻrilishi kerak boʻlgan muamolar chekka qishloqlardagi elektr energiyasi va gaz taʼminoti,bozordagi narx- navoning yanada hamyonbop boʻlishi sanaladi. Bu muammolar yechimi xalqimizni ertangi kuniga ishonchini oshirgan boʻlardi biz yoshlarning nazarimizda. Yana global muammoga aylangan ,,Korona virusʼʼbalosing daf boʻlishini butun dunyo axli xoxlagan boʻlardi menimcha. Bugungi kunda butun jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda ,,Yangi Oʻzbekistonʼʼiborasi tilga olinmoqda.Bu keyingi yillarda taraqqiyot nuqtai nazaridan yangi bosqichga koʻtarilayotganimizdan,buyuk davlatlar qatoridan joy olayotganimizdan darak beradi albatta .

Xulosa tariqasida shuni aytish kerakki Oʻzbek xalqi buyuk davlatlar orasida buyuk davlatdir . Biz bunday davlatda yashayotganimizdan mamnunmiz.

Report Page