Matonatli, mehnatsevar ayollarimiz mustahkam, ibratli oila qo'rg'onini qura oladi!
![](https://telegra.ph/file/3e5ea0b5fe7a0df1023cf.png)
Oila - mo‘jazgina bir jamiyat, unda ma’naviyat shakllana borishi bilan yanada jipslashib, xalqning, jamiyatning hayoti, turmushiga oid urf-odatlarni o‘zida sinovdan o‘tkazadi. Farzandlarni o‘z bag‘rida asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazadi. Bunda, farzand tarbiyasida onaning o`rni beqiyos bo`lib, tarbiya, farzandlarga o`rnak bo`lish oilaning zimmasidagi muqaddas burchlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilning 3-iyun kuni Oila va xotin-qizlar bo`limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda "Nuroniy" tuman bo`limi rahbar va xodimlari Buxoro tumani "Rabotak" MFY da yashovchi "Namunali tomarqachi" ko'krak nishoni sohibasi Qudratova Gulsara va o'qituvchi Tuyg'unova Istat opalar xonadoniga tashrif buyurishdi.
![](https://telegra.ph/file/f2fba85f50374e975a9e8.png)
![](https://telegra.ph/file/d1fc943f6cf078f811e87.png)
Gulsara opa to'kin sharoitga, oila mustahkamligiga, ehtiromlarga faqat mehnati bilan erishganligi, farzanlari, kelinlarini shirin so'zi ila mehnatga jalb qilganini, shunday yurtda yashayotgaligidan mamnun bo'lib Davlatimiz rahbarining o'z qo'llaridan mukofotni olganliklarini iftixor bilan so'zladi.
![](https://telegra.ph/file/53bc7dc855d08b1d65ad8.png)
Ma'rifatli ustoz Istat opa esa farzand, naberalari ham o'qituvchi kasbini tanlaganini, hayot so'qmoqlari, dovonlarini matonat bilan yengib, yurti uchun xizmat qilganligini faxr bilan aytib, ko'rsatilgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
![](https://telegra.ph/file/60aa831e4a700e46f6184.png)
![](https://telegra.ph/file/ea971b678a07b49549607.png)
Oila muqaddas ekan, uni asrab -avaylash, jamiyat uchun kerakli, ibratli oilaga aylantirish ayollarimiz sabri, matonatiga ham ham bog`liq bo`ladi. Yurtimizga munosib farzandlarni tarbiyalash esa oiladek muqaddas dargohni mustahkam bo`lishiga asos bo`ladi.
![](https://telegra.ph/file/a9ad7b4f186280f4880d2.png)
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro tuman bo`linmasi