Matn tagiga qanday qilib rasm, gif va video biriktirish mumkin? Postlarning tagiga reaksiyalar va "Открыть комментарии" qo'yish.

Matn tagiga qanday qilib rasm, gif va video biriktirish mumkin? Postlarning tagiga reaksiyalar va "Открыть комментарии" qo'yish.

Ramzbek Nurqulov @texnologiyatv kanalining administratori.


1. Mulohaza boti @Livegrambot yordamida yaratiladi. Botdan 1) /start 2) /addbot tugmasini bosamiz.

2. Keyin, @BotFather ni ochamiz va start tugmasi orqali ishga tushiramiz. Menyudan /newbot buyrug'i kirgiziladi. So'ngra botga 1) Botning nomi , 2) Botning username(misol uchun: texnologiyatvbot)`larni yuboramiz. Bizga HTTP API kod beriladi(misol uchun: 1249725229:AAFYbt8pFXS_Iclqvlut2IQc3qVooMaWn60).

3. Berilgan kodni nusxalab @Livegrambot ga yuboramiz.

4. Feedback boti yaratildi. Endi sizda faqat yaratgan botingiz sozlamalarini to'g'irlash qoldi. Buning uchun @BotFather dan /mybots buyrug'i tanlanadi va Edit bot komandasi bosiladi.

Edit bot bosilgandan so'ng

Quyidagilar kirgiziladi.


Feedback boti tayyor bo'ldi. Endi @controllerbot ga feedback botini ulash.

ControllerBot — postlat yaratish uchun mo’ljallangan bot bo'lib. U orqali kanalga post yuklash, reaksiya knopkalar qo’yish, post ostida gif/rasm/video qo’yish, izoh qoldirish uchun "Открыть комментарии" qo'yish imkoniyatini beradi.

1. @controllerbot ga /start ni bosamiz.

2. Keyin /addchannel komandasi bosiladi.

3. Endi sizdan API kod so'raladi. Avval controller botdan foydalangan bo'lsangiz API kod so'ralmaydi.

4. Yaratilgan botni kanalingizga administrator sifatida qo'shing.

O'zi aslida botga "Edit messeges" huquqining o'zi yetarli.

5. Endi controller bot ga kanalingiz username'ni yuboring.

Bot yaratildi! Endi mana shu yaratgan botingiz orqali kanalga postlarni joylashingiz mumkin.

Feedback boti bilan kanalga post tayyorlash uchun yaratilgan bot alohida bo'ladi. Shunchaki feedback botini yaratib olib keyingina post joylaydigan bot yaratiladi. Boshqacha qilib aytganda birinchi ikkita feedback botini yaratib keyin ikkinchisini post tayyorlaydigan bot qilinadi. Kanal uchun mana shu ikkita bot muhim.


POST TAYYORLASH JARAYONI.


Botga kirib /start komandasini bosing

"Создать пост" bosilib post joylanishi kerak bo'lgan kanal tanlanadi.

1. "Прикрепить медиафайл" — Matn tagiga rasm, video va gif biriktirishingiz mumkin.

2. "Добавить комментарии" — Postga obunachilar o'z fikrlarini bildirish uchun.

3. "Добавить реакции" — like va dizlike'lar (reaksiyalar) qo'shish. Kerakli reaksiyalar / bilan ajratib yuboriladi.

Misol uchun: 👍/👎/🔥

4. "Добавить URL-кнопки" — URL manzil knopkalarini qo'shish. Tuzilish tartibi:

Qo'yilishi kerak bo'lgan knopka - URL manzil.

Misol uchun:

🔥Qo'shilish - https://t.me/texnologiyatv


Post tayyor bo'ldi.
"Далее" ni bosib postni kanalga yuborishni boshlaysiz.


Post 19.04.2020 kuni @texnologiyatv kanali administratori RAMZBEK NURQULOV tomonidan tayyorlandi.










Report Page