Math Mentor | Davrbek

Math Mentor | Davrbek

Oltiboyev Davrbek Nodirbek o‘g‘li
Oltiboyev Davrbek - Prezident stipendianti, Xalqaro va Respublika olimpiadalari g‘olibi.
Math Mentor | Davrbek telegram kanali maqsadi: tajribamdan kelib chiqqan holda, o‘z bilim va ko‘nikmalarimni ko‘proq o‘quvchilarga yetkizish. Matematikaga qiziquvchi yoshlarning olimpiadalarda g‘olib bo‘lishlarida, o‘zlari xohlagan maktablarga kirishlarida, umuman olganda matematik bo‘lib yetishishlarida yordam berish...

Faoliyatim👇

🔹 2014–yil IMC (South Korea) olimpiadasi kumush medal sohibi;

🔹 2018–yil Respublika fan olimpiadasi g‘olibi;

🔹 2018–2022 yy. – O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi;

🔹 2022–2024 yy. – O‘zbekiston Milliy Universiteti magistratura talabasi;

🔹 2021–yil talabalar o‘rtasida IMC kumush medal sohibi;

🔹 2022–yil “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi;

🔹 2020y. – h.v – KHISO olimpiada maktabi ustozi;

🔹 2022 y. – h.v – Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab olimpiada treneri.

🔹 2022–yildan boshlab o‘quvchilarga online darslar ham o‘tib kelmoqdaman;

🔹 2024–yil Prezident stipendiyasi sohibi;

📌 “Matematikadan olimpiada testlari”, “Mantiqiy Matematika-2” va “Mantiqiy Matematika-3” kitoblarining muallifi;

✅ 2019-2024 o‘quv yillarida 50 ga yaqin o‘quvchilar Prezident, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va ixtisoslashtirilgan maktablariga qabul qilindi. Qolaversa, ko‘plab mahalliy va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishdi.


O‘quvchilarimning so‘nggi yillardagi Xalqaro olimpiadalardagi natijalaridan👇

Al-Xorazmiy olimpiadasi bronza medal, TASIMO olimpiadasi oltin va bronza medallari, IMAS olimpiadasi oltin medal, IQtidorly olimpiadasi 10-12 yosh toifasi 2-o‘rin va hakazo.
G‘aybullayev Asilbek - IMAS oltin medal sohibi, @pmtests Katta yutuqli olimpiadasi - 2-o‘rin sohibi
Djurayeva Anisanur - TASIMO - oltin medal, Sa’di Hasavonich Sirojiddinov nomidagi Respubika Matematika turniri - kumush medal, @pmtests Katta yutuqli olimpiadasi - Top 15
Isaboyev Shermuhammad - TASIMO - bronza mdal, SEAMO - oltin medal, @pmtests Katta yutuqli olimpiadasi - Top 15
Otamurodov Nurmuhammad - Kavkaz matematika olimpiadasi kumush va bronza medallari sohibi
Izoh: Nurmuhammad ko‘p ustozlarda tayyorlangann, dastlab 6-sinfligidan tayyorlanishni boshlaganmiz, ancha iqtidorli bola, 2022-yil oktabr oylaridan uzmathcommunityda tayyorlanib keladi.
Asilbek, Sodiqjon, Asadbek - KHISO olimpiadasining oltin, kumush, bronza medal sohiblari.

P.S: Shu yergacha o‘qigan bo‘lsangiz, e‘tiboringiz uchun rahmat😊 Ushbu sahifani yanada, yaxshi natijalar bilan boyitib borish nasib qilsin))

Report Page