Matbuot anjumani: 61 milliard soʻm oʻz egalariga qaytarildi

Matbuot anjumani: 61 milliard soʻm oʻz egalariga qaytarildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida 2022- yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda OAV vakillari bilan birgalikda ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar ishtirok etdi. Anjuman avvalida ishtirokchilar viloyat boshqarmasida qizgʻin ish jarayonlari bilan tanishdi.

Adliya vazirligi tizimida qisqa vaqt mobaynida qonun ijodkorligi va aholi murojaatlari va shikoyatlari bilan ishlash borasida oʻziga xos maktab yaratildi. Bu tajriba esa oʻz samarasini berayotir. Aholidan kelayotgan murojaatlar tahlil va xulosa qilish imkonini bermoqda,-deydi viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Abdumannop Buriyev.

Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Birgina Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlariga oʻtgan 2022- yil davomida 12 ming 431 ta murojaatlar kelib tushdi. Eʼtiborli jihati shundaki, adliya organlari tomonidan koʻrilgan huquqiy taʼsir choralar natijasida 61 mlrd. 988 mln. soʻm miqdordagi pul mablagʻlari oʻz egalariga qonuniy tartibda qaytarilgan.

Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Foto: Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Taʼkidlash lozimki, aksariyat murojaatlar mehnat qonunchiligi va ish beruvchi va xodimlar oʻrtasidagi munosabatlarda aks etmoqda. Masalan, oʻtgan yilda kelib tushgan murojaatlarning 5 mingga yaqini mehnat munosabatlari va nizolariga oid. 4 mingdan oshigʻi esa kommunal, soliq, bank, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa sohalarga taalluqli.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, inson huquqlarini himoya qilish, davlat xizmatlarini koʻrsatish va boshqa sohalarda jami 1 ming 817 marta nazorat tadbirlari oʻtkazildi va viloyatda 62 mingdan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi. 39 ming 57 ta hujjatlar ijrosi bekor qilindi. Mansabdor shaxslarining 2 ming 738 ta harakatlari toʻxtatildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarni manfaatini koʻzlab sudlarga 34 mlrd. 240 mln soʻmlik 2 ming 118 ta daʼvo arizalar kiritildi.

Anjuman davomida adliya vakillaridan jurnalistlar va blogerlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.


Report Page