🌱Masʼuliyatsizligi o‘ziga ziyon keltirdi

🌱Masʼuliyatsizligi o‘ziga ziyon keltirdi

 

Ayni kunlarda Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi tomonidan joylarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish va agrotexnik tadbirlarini olib borilishini nazorat qilish tadbirlari olib borilmoqda.

 

Mazkur, olib borilgan kuzatuv nazorat tadbirlari davomida, tumandagi korxona va tashkilotlar tomonidan kuz va bahor mavsumi davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini o‘z vaqtida sug‘orish va agrotexnik tadbirlarini olib bormaganligi oqibatida baʼzi joylarda mevali, manzarali va butasimon daraxtlarni qurib qolganligi aniqlandi.

 

Shu boisdan eʼtiborsizligi va daraxtlarni kasallanishi, qurishiga qarshi o‘z vaqtida tegishli choralarni qo‘llamaganligi bois, tuman XTBga qarashli 83-sonli umumtaʼlim maktabi masʼullari MJtKning 79-moddasi 3-qismiga binoan bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

 

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

 

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/yeconewssamarqand



Report Page