Master klass o'tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi katta o‘qituvchisi, veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Raxmonov Umid Azamatovich tomonidan yuqori ilmiy-amaliy saviyada master-klass o‘tkazildi.
Mazkur master-klassda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 305-guruh talabalari Raimov Hasan Hamza o‘g‘li va Ulashov Shohjahon Baxriddin o‘g‘li, shuningdek magistrantlar Xudoyqulov Islomjon, Kamolov Ismatjon hamda Xudoyberdiyev Hayitali faol ishtirok etdilar.
Master-klass “Tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda gepatodistrofiya”ni aniqlashga qaratilgan “Mega loyiha” doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishining yakuniy bosqichi bo‘lib, unda tovuqlardan qon olish jarayonlari amaliy tarzda namoyish etildi.
Mashg‘ulot davomida 305-guruh talabalari Raimov Hasan Hamza o‘g‘li va Ulashov Shohjahon Baxriddin o‘g‘liga tovuqlardan qon olish metodikasi, shuningdek magistrantlarga tovuq qon zardobining biokimyoviy va gematologik analizatorlar yordamida aniqlanadigan ko‘rsatkichlarining nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari batafsil va tushunarli tarzda yoritib berildi.
O‘tkazilgan master-klass talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda zamonaviy diagnostik yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.