Yunusjon Yusupov bilan dasturchilar uchun muhim mavzularda master-klass bo'lib o'tdi
Najot Ta'lim28-yanvar — shanba kuni «Najot Ta'lim» Chilonzor filialida hozirda Saudiya Arabistonining Barq kompaniyasida Full Stack developer sifatida faoliyat yuritayotgan Yunusjon Yusupov bilan master-klass bo'lib o'tdi.





















📌 100 dan ortiq ishtirokchilar qatnashgan master-klassda dasturlash sohasi vakillari uchun eng muhim boshqichlardan biri bo'lgan — ishga kirish uchun tayyorgarlik ko'rish va intervyudan muvaffaqiyatli o'tish mavzularida suhbat o'tkazildi. Uchrashuv yakunida qatnashchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O'ylaymizki, bu galgi master-klass ham barcha qatnashchilarga manfaatli bo'ldi. Soha bo'yicha o'z tajribalarini ulashgani uchun Yunusjon Yusupovga jamoamiz nomidan tashakkur aytamiz.
Master-klassda ishtirok eta olmagan bo'lsangiz, suhbatni YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.