Mastava

Mastava

Соатмурод Артиков
Mastava

O’zimizning milliy oshxonamiz taomlarga boy va ularning bari rang-barangdir. U yerda tobida pishgan mastava alohiida o’rin egallaydi. Yetarlicha yog’li va to’yimli sho’rvadan iste’mol qilgan erkakalarning hech biri to’ymasdan qolmaydi. Siz mastavani bizning usulda tayyorlab ko’ring va ishonamizki natijasi siz kutgandan ham a’lo bo’ladi.

@uzbek_taomlari

 Masalliqlar:

1 kilo qo'y qovurg'alari
2 ta piyoz
3-4 ta sabzi
5 ta kartoshka
6-8 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 ta pomidor
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
3 osh qoshiq pomidor pastasi
3 ta lavr yaprog'i
1 bo'g'im shivit yoki kashnich
tabga ko'ra pishloq
tabga ko'ra maydalangan kashich
tabga ko'ra tuz va murch
300 millilitr o'simlik yog'i

Qadam 1


Barcha sabzavotlarni po'sti archib, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2


Go'shtni xohlagan kattalikda to'g'rab oling.

Qadam 3


Qozonga yog'ni solib, qizdirib olamiz.

Qadam 4



Qizigan yog'ga go'shti solib, suvi bug'lanib ketguniga qadar qovuramiz.

So'ng barcha ziravorlarni solamiz.

Qadam 5


So'ng piyoz va sabzini solib, biroz qizartirib qovuramiz.

Qadam 6


Ustidan kartoshkani solib, yana ozroq qovuramiz.

Qadam 7


So'ng to'g'ralgan bulg'or qalampiri, pomidor, sarimsoqpiyoz va pomidor pastasini solamiz.

Qadam 8

So'ng ustidan 4 litr qaynoq suv solib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Olovni pasaytirib, go'sht va sabzavotlar pishgunicha qaynatamiz.

Qadam 9

So'ng yuvilgan guruchni solib, yarim pishgunicha qaynatamiz va olovni o'chirib, 10-15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 10

Mastavani qatiq va to'g'ralgan ko'katlar bilan birga tortamiz.


Yoqimli ishtaha!

Telegram Kanalimiz👇

https://telegram.me/Uzbek_Taomlari


Ⓜ️Manba

Report Page