Masofadan turib ham o'rgansa bo'ladigan 5 ta yuqori maoshli, stressdan holi kasblar

Masofadan turib ham o'rgansa bo'ladigan 5 ta yuqori maoshli, stressdan holi kasblar


Ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlashning oʻziga xos uslubiga ega dunyoning yetakchi axborot portallaridan biri hisoblanmish Business Insider nashri kelasi 10 yil ichida talab yuqori boʻladigan, yuqori maoshli va stressdan holi 20 ta kasb roʻyxatini tuzdi. Ushbu roʻyxat Qoʻshma Shtatlar statistikasiga asoslangani tufayli onlayn kurslarda egallash mumkin boʻlgan mahalliy bozor uchun aktual 5 ta yoʻnalish tanlab olindi.

Hozirda keltirib oʻtadigan kasblar nafaqat axborot texnologiyalari bilan qiziquvchi yoshlar e’tiborini tortishi mumkin, balki farzand kelajagi haqida qaygʻurayotgan va dunyodagi vaziyatga moslashishga intilayotgan ota-onalarning ham diqqatini tortishi tayin. 

 

Texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalarni yozish boʻyicha mutaxassis  

Texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalarni yozish boʻyicha mutaxassisning asosiy vazifasi murakkab narsalarni tushunarli tilda ifodalab berishdir. U ma’lumotni tuzadi va aniq texnik hujjatlar va qoʻllanmalarni yaratadi, ular ishlab chiquvchilar va foydalanuvchilarning hayotini osonlashtiradi. Juda mayda ishdek tuyulishiga qaramay, stressdan holi.

Siz ushbu kasbni egallashda dunyoning eng yirik ta’limga yoʻnaltirilgan saytlardan biri Udemy ning “Ish va texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalarni yozishga kirish” kursidan boshlashingiz mumkin. Dastur har qanday matnni - elektron yoki qoʻllanma boʻlsin - oʻqishga oson va tushunarli boʻlishi uchun ularni toʻgʻri tuzish va ifodalashni oʻrgatadi. Kurs mualliflari aniq va izchil darslar dasturini tuzishga muvaffaq boʻlishgan. Kursning afzalligi ingliz tilini oʻrganayotgan tinglovchilar uchun qoʻshimcha blokdir. Unda ingliz tilidagi matnda zamon va artikllardan qanday qilib toʻgʻri foydalanish tushuntirilgan.
Udemy saytida dasturiy ta’minot uchun texnik hujjatlarni yozish boʻyicha kurs (Technical Writing: How to Write Software Documentation) ni ham topish mumkin. Shuningdek, bir nechta EdTech mukofotlariga sazovor boʻlgan "professional texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalari: yozish mahoratini oshiring" (Technical Writing: How to Write Software Documentation) kursi ham e’tiborga loyiq.
Google ham texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalarni yozish boʻyicha kurslarga ega. Ular bepul boʻlib, ishlab chiquvchilar va prodakt-menejerlar uchun moʻljallangan.
Asosiy bilimlarni olish uchun AQShning yirik onlayn oʻquv kurslari ta’minotchisi boʻlmish Coursera dagi Moskva fizika-texnika institutining texnikadan foydalanish yoʻriqnomasi va qoʻllanmalarni yozish boʻyicha kursi ham juda qulay. Unda laboratoriya hisobotlari, tadqiqot hisobotlari, koʻrsatmalar, ilmiy maqolalar va boshqa oʻnlab turdagi hujjatlarni yozishni oʻrganasiz.

 

Ma’lumotlar bazasi me’mori

Ma’lumotlar bazasi me’mori yiliga 100 ming AQSh dollarigacha maosh oladi. Ishdagi stress darajasini esa ekologning ishi bilan taqqoslash mumkin. Aytish joiz, ushbu kasbni egallash uchun kamida bir yil kerak boʻladi.

Ma’lumotlar bazasini loyihalashtirish (Database Design Introduction) kursi yordamida qisqacha kirish amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda siz oʻzingizga ma’qul vositalar va freymvorklarni aniqlab olasiz va tegishli sertifikatlashni tanlaysiz.
Odatda ma’lumotlar bazasi me’morlari AWS (Amazonning bulutli boʻlimi) sertifikatsiyasidan oʻtadi va bunga maqsadli tayyorlanish kerak. Masalan, AWS Data Architect Bootcamp kursida ma’lumotlarni qabul qilish, koʻchirish, oqimlash, saqlash va tahlil qilish boʻyicha AWS yechimlarini ishlab chiqasiz. Va shu bilan birga, SageMaker, Redshift, Glue, Comprehend va boshqa 60 ta xizmatlar va vositalar bilan ishlashni oʻrganasiz. Kursni tamomlagandan soʻng qoʻshimcha ravishda AWS sertifikatlangan ma’lumotlar bazasi boʻyicha mutaxassislik amaliyoti imtihonlari (AWS Certified Database Specialty Practice Exams) kursida imtihonga tayyorgarlik koʻrishingiz mumkin.
Rossiyaning onlayn ta’limga yoʻnaltirilgan sayti Otus da ham aloqador va aloqador boʻlmagan ma’lumotlar bazalari bilan ishlash boʻyicha toʻliq kurs mavjud. Mazkur oʻquv kursi sizga PostgreSQL, MySQL, Redis, MongoDB va Cassandra kabi turli xil ma’lumotlar bazalarining xususiyatlarini tushunishga yordam beradi. Shuningdek, SQL, DDL va DML xususiyatlarini oʻzlashtirasiz.

 

Informatika, kompyuterlar va algoritmlash boʻyicha mutaxassis

Bir nechta onlayn kurslardan soʻng mutaxassis boʻlishingiz ehtimoli oz, lekin siz uydan chiqmasdan kasbga birinchi qadamlarni qoʻyishingiz mumkin.

Agar sizda ishlab chiqish boʻyicha tajribangiz boʻlmasa va informatika sohasi boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlmasangiz, unda eng oddiy narsalardan boshlagan ma'qul. Masalan, Udemy da kompyuter va dasturlashda yangi boshlovchilar uchun asosiy kurs mavjud - Computer Science 101: Computers & Programming for Beginners.
Keyingi bosqich Computer Science 101: Master the Theory Behind Programming kursi boʻlib, unda algoritmik tahlilning asosiy nazariyalari bilan tanishasiz, algoritmlar va dasturlash tillarini taqqoslashni oʻrganasiz.
 Coursera saytida uchta ixtisoslikka yoʻnaltiruvchi “Informatika va dasturlashga kirish” (Introduction to Computer Science and Programming) kursi mavjud. Uch qismdan iborat mazkur kursning birinchisida Javascript tili bilan ishlash, ikkinchisida kompyuterlar va dasturiy ta’minot qanday ishlashi oʻrgatiladi. Kursning uchinchi qismi matematikaga bagʻishlangan.


Statistik ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxassis

Ishi koʻp, ammo natijasi yaqqol koʻzga tashlanadigan kasb. Business Insider statistik ma’lumotlar bilan ishlaydigan mutaxassislarni stressdan holi deya ma’lum qilgan. Aytilishicha, ushbu kasb egalari ishdagi xotirjamlik boʻyicha epidemiologlar va iqtisodchilar bilan bir qatorga turar ekan. Bundan tashqari, ushbu kasb oʻzgarib bormoqda - bugungi kunda mutaxassislar ma’lumotlarni yigʻish va tahlil qilish uchun dasturiy ta’minot va qulay xizmatlardan foydalangan holda oʻz ishlarini qisman avtomatlashtirishi mumkin.

Bu yoʻnalishda ilk qadamni Udemy dagi Statistics for Business Analytics and Data Science kursidan boshlagan ma’qul.
Undan soʻng Statistics in R: The R Language for Statistical Analysis kursinin tanlang va R dasturlash tilidan foydalanib qanday tadqiqotlar olib borishni, RStudio ga muqobil sifatida R Commander dan foydalanishni va samarali vizuallashtirishlarni oʻrganasiz.
Coursera ning Statistics with R kursi besh qismdan iborat boʻlib, chiziqli regressiya boʻyicha modul, modellashtirish va Bayes statistikasi boʻyicha ma’lumotlarni taqdim etadi. Yakuniy qism amaliyotga bagʻishlangan – ma’lum bir biznes masalani hal qilish uchun dasturlash tilidan foydalanasiz va shu bilan birga oʻrgangan texnologiyalarni amalda qoʻllab koʻrasiz.

 

Operatsion faoliyat tahlilchisi

Yirik kompaniyalar oʻzlarining ish faoliyatini tahlil qiladigan va qanday qilib yaxshiroq ishlashni maslahat beradigan konsultanlarga katta pul toʻlashga tayyor. Shuning uchun bunday mutaxassislarga talab katta va ularning daromadi yiliga 92 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Albatta, bunday maosh sohaga yangi kirib kelgan mutaxassisga taklif qilinishi ehtimoldan yiroq, ammo kasbni noldan oʻzlashtirish shart emas - ishlab chiqish sohasida yoki prodakt-menejmentda tajribaga ega boʻlsangiz marra sizniki.

Tahlil uchun turli xil matematik modellarni koʻrib chiqadigan Udemy dagi Operations Research kursi asosan dasturchilar va prodakt-menejerlarga moʻljallangan. Siz simplex usuli nima ekanligini, Excel Solver qanday ishlashini va chiziqli dasturlash yordamida biznes muammolarini qanday hal qilishni bilib olasiz.
Coursera shuningdek, Operations Analytics kursini taklif qiladi, ammo bu kichik kompaniyalar asoschilari va bosh direktorlari uchun koʻproq mos keladi. Unda talab va taklifni taqqoslash, noaniqlik va xavfning oshishi sharoitida strategiyani yaratish uchun ma’lumotlardan qanday foydalanish kerakligini bilib olasiz.

 


Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇

Telegram |Facebook |Instagram

 

Report Page