«Mash’al» yog‘dusi

«Mash’al» yog‘dusi

Nurafshon shahar hokimligi

Toshkent viloyati «Mash’al» gazetasi o‘z mushtariylari, minglab muxlislariga ega. Gazeta bugun 91 yilligini nishonlamoqda. Ushbu gazetada minglab shoir va jurnalistlar, jamoat arboblari mehnat qilgan.

Bugungi kunda 8 sahifali gazeta 1853 nusxada chop etilmoqda. Gazetaning bosh muharrir – O‘zbekiston Jurnalistlar uyumasi a’zosi Tolib Hakimov.

O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri hokimliklari qoshida chop etilayotgan gazetaning 2023 yil hisobidan 1-soni 17 fevral kuni bosmadan chiqdi. Ahamiyatlisi, 1932 yili ayni shu sanada – 17 fevral kuni ushbu nashrning 1-soni «O‘rta Chirchiq haqiqati» deya dunyo yuzini ko‘rgan edi.

Shu munosabati bilan Nurafshon shahri hokimi o‘rinbosari N.Kulbekova, Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati S.Sulaymonova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi rahbari O.Zokirov, Yoshlar ishlari agentligi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i B.Abduqodirov «Mash’al» gazetasi tahririyatiga tashrif buyurishdi va tahririyat jamoasini tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Tahririyat jamoasiga shahar hokimi nomidan tashakkuronoma va gazeta bosh muharririga esa «Nurafshon shahar – 5 yilligi» esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.



Report Page