Markaziy Osiyodagi yer hisobi bo'yicha geofazoviy va statistik ma'lumotlarni integratsiyalashtirish uchun institutsional salohiyatni kuchaytirish

Markaziy Osiyodagi yer hisobi bo'yicha geofazoviy va statistik ma'lumotlarni integratsiyalashtirish uchun institutsional salohiyatni kuchaytirish

Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati

Birlashgan Millatlar tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (Economic and Social Commission aor Asia and the Pacific - ESCAP), Davlat kadastrlari palatasi (Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi) bilan hamkorlimkda Markaziy Osiyoda yer hisobini yuritishda geofazoviy ma’lumotlardan foydalanishni joriy etgan holda statistik ma’lumotlarni umumlashtirish (Integrating Statistical Geospatial Data for Land Accounts and Statistics) loyihasini amalga oshirish doirasida 2019 yil 14-15 noyabr kunlari Toshkent shahrida xalqaro seminar o’tkazildi va loyiha taqdimoti bo’lib o’tgan edi.

Loyihada Birlashgan Millatlar tashkilotining Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (Economic and Social Commission aor Asia and the Pacific - ESCAP), Rossiya Federatsiyasi Hukumati ko'magida Markaziy Osiyo davlatlarini qo'llab-quvvatlash uchun "Markaziy Osiyodagi yer hisobi bo'yicha geofazoviy va statistik ma'lumotlarni integratsiyalashtirish uchun institutsional salohiyatni kuchaytirish" deb nomlangan loyiha doirasida Markaziy osiyo davlatlari xususuan Qozog'iston, Qirg'iziston Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalari va shuningdek Ozarbayjon davlati mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Loyihaning asosiy maqsadi - yer hisobiga e'tibor qaratgan holda, Markaziy Osiyo davlatlarining geofazoviy ma’lumotlar va statistik ma'lumotlarini birlashtirish uchun institutsional salohiyatni mustahkamlash. Uning strategik maqsadlari milliy statistika va kadastr idoralari, kosmik agentliklar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlikni yo`lga qo`yishdan iborat.

4 bosqichi joriy yilning iyun-sentyabr oylari davomida Microsoft Teams va Zoom onlayn video muloqot platformalari orqali bo’lib o‘tdi.

Butun dastur davomida, mashg'ulotlarda Markaziy Osiyoning oltita mamlakati Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalaridan jami 120 dan ortiq mutahassislar ishtirok etdi.

Jumladan, Davlat kadastrlari palatasidan 5 nafar mutaxassislar

S.R. Kamilov, J.D. Ashirov, A.A. Abduraximov, A.A. Turganova, X.D. Babajanov faol ishtirok etishdi va tegishli sertifikatlar bilan taqdirlandi.


Loyiha natijasida o’tkazilgan tahlillar va qatnashgan davlatlar ichida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining shakllanish tendensiyasi O’zbekistonda yuqori ekanligi, bunda Kadatr agentligi hususan Davlat Kadastrlari Palatasining o’rni borligi alohida etirof etildi hamda mazkur sohada amaliy hamkorlikni yo‘lga qo’yilishi uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi bildirildi.


Report Page