Maqsadlarimga imkon – jonajon O‘zbekiston!

Maqsadlarimga imkon – jonajon O‘zbekiston!


Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida bo‘lib o‘tgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi biz yoshlar uchun yangi maqsadlar, yangi rejalar uchun zamin bo‘ldi. Davlatimiz tomonidan biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar cheksiz. Prezidentimiz yoshlarga oid davlat siyosatini har bir soha bo‘yicha islohotlar olib borib, yangi-yangi tashabbuslar bilan yoshlar g‘oyalarini, iqtidorini qo‘llab-quvvatlagan holda olib bormoqdalar. Bugun O‘zbekiston yoshlari - eng baxtli yoshlar! Ularning kichkinagina yutug‘ini ham qo‘llaydigan, e’tirof etadigan, ulkan maqsadlar sari ilhomlantiradigan bag‘rikeng Sarboni bor. Imkonlar cheksiz, ulardan qay darajada foydalana olish, albatta, o‘zimizga bog‘liq. Shu Vatan koriga yarash, bor ilm-salohiyatini shu yurt istiqboli uchun safarbar etish o‘zini “o‘zbekman” degan har bir yoshning muqaddas burchi. O‘zbekistondek dunyo bilan bo‘ylashgan, imkoniyatlar yurtida yashayotganim, shu vatanning bir niholi ekanligimdan faxrlanaman!

 

Buxoro davlat universitetining

2-bosqich doktoranti

Qodirova Nasima Saidburxonovna

Report Page