Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish
Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Yangiqo‘rg‘on tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan yo‘l-yo‘riq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, arxivlar hujjatlarni saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi, xizmat madaniyatiga ahamiyat qaratilib, tahlil qilindi va tuman filiali rahbari hamda xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.
Tuman xodimlarining erishgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam berildi.
Матбуот хизмати.