Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshirig‘iga asosan Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tadjibaev rahbarligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh Namangan viloyati kadastr tizimida o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.

Unda “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugungi o‘rganish viloyatning Norin va Namangan tumanlarining bo‘lim va filiallarida bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim va filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar, inspektorlar ishtirok etdilar. 

O‘rganishlar davomida joylarda olib borilayotgan kuchaytirilgan tartibdagi yer nazorati tadbirlarining borishi, jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro muloqotda shaxsiy xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratish, shuningdek, ijro va mehnat intizomiga rioya etilishi va xizmat madaniyatiga ahamiyat qaratilib, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlar tahlil qilinmoqda.

Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimidagi erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam berilmoqda.


Matbuot xizmati.


Report Page