Maqsadga erishishning 7 ta buyuk qadam formulasi

Maqsadga erishishning 7 ta buyuk qadam formulasi

MOTIVATION•HD ADMIN

Har qanday maqsadga erishishning kaliti — har kuni sizni maqsadingiz tomon yaqinlashtiradigan hech bo‘lmasa bitta harakatni bajarish.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari oldiga maqsad qo‘yishning o‘zigina yetarli emasligini ko‘rsatadi. Unga yetishish uchun aniq reja zarur bo‘ladi.

Harakat qilish rejasini ishlab chiqishga yordam beradigan quyidagi maxsus formuladan foydalaning.

Yetti qadam formulasi 📈

1-qadam

Qaysi soha bo‘yicha nimaga erishishni xohlayotganingizni aniq belgilab oling. Maqsadingizni aniq ifodalang va uni batafsil yozib chiqing. Shunda siz o‘z oldingizga har doim ko‘rinib turadigan aniq maqsad qo‘ygan bo‘lasiz.

2-qadam

Maqsadga erishish uchun muddat qo‘ying. Agar bu ko‘p vaqt talab qilsa, uni bir necha qismlarga ajrating. Har bir oraliq maqsadlar uchun ham o‘z muddatini belgilang.

3-qadam

Bu maqsadni amalga oshirish uchun qilinishi zarur bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzing. Ro‘yxatni zarur hollarda davom ettirish mumkin.

4-qadam

Ro‘yxatingizdagi zarur ishlarning rejasini tuzib chiqing. Muhimligiga qarab joylashtiring va eng avval nimani qilish kerakligini belgilab oling. Ba’zi ishlarni siz faqat boshqalari tamom bo‘lgandan keyingina amalga oshirishingiz mumkin. Ularni kerakli ketma-ketlikda joylashtiring.

5-qadam

Maqsadga erishishda nima to‘sqinlik qilishi mumkinligini aniqlang. Balki sizga ma’lum bir malaka yoki qandaydir ma’lumotlar yetishmayotgandir. Sizga qarshilik ko‘rsatayotgan omillarni yo‘qotishga va zarur bo‘lganini olishga harakat qiling.

6-qadam

Oldingi qadamlardan so‘ng darhol ishga kirishing. Ichki sezgiga ishoning va sizni maqsadga nima yaqinlashtirsa shuni qiling. Asosiysi — harakatni kerakli yo‘nalishda boshlash.

7-qadam

Har kuni ertalab kuningizni rejalashtirishga va har kuni maqsadga erishishda yordam beradigan kamida bitta ish bajarishga odatlaning. Siz bemalol maqsadga erishish mumkinligini ko‘rasiz. Natijada kundan-kun sizga oldinga intilish osonroq bo‘ladi!

Kanal manzili: Telegram.me/MotivationHD

Report Page