Maqolalar uchun qo'yilgan talablar

Maqolalar uchun qo'yilgan talablar

 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi 

Maqola 3-12 sahifa hajmda, o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. Maqola MS Word matn muxarririda, Times New Roman shriftda, 14 o‘lchamda, 1.5 intervalda, sahifaning tomonlaridan, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yoziladi. Maqolada keltiriladigan rasmlar, grafiklar sifatli bo‘lishi kerak. Maqolada sarlavhasida talabaning familiyasi, ismi, sharifi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatilishi lozim.

Maqola elektron shaklda mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan manzillar orqali qabul qilib olinadi va ro‘yxatga olinadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy maqolalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

-          mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyati;

-          mavzu mazmun-mohiyatini to‘laqonli ochib berganligi;

-          stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

-          mavzuni yoritishda adabiyotlar va manbalardan foydalanganlik darajasi, tahliliy yondashuvlar va mustaqil fikrlarning bildirilganligi;

-          maqolani originalligi, to‘g‘ri tuzilganligi va rasmiylashtirilganligi;

-          ilmiy yondashuv va mavzuga oid xulosalar berilganligi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Plagiat holati aniqlanganda maqola va uning muallifi tanlovdan chetlatiladi.

Ekspertlar tavsiyasiga ko‘ra tanlov g'oliblari va faol ishtirok etgan talabalarning ilmiy maqolalari institutning “Iqtidorli talabalarning ilmiy xabarlari” ilmiy uslubiy jurnalida nashr etiladi.






Report Page