Mansabdor shaxslar hisoboti eshitildi

Mansabdor shaxslar hisoboti eshitildi

Бекобод тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Xalq deputatlari Bekobod tumani kotibiyatida mansabdor shaxslar bilan 2021- yil 27- maydagi 36- sessiyaning "Bekobod tumanida kommunal sohani yaxshilash, obodonlashtirish, ko'p qavatli uylarning tomlarini ta'mirlash va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida" gi qaroriga muvofiq "Yo'l xaritasi" yo'nalishi Suv-oqova ta'minoti bo'yicha eshituv bo'lib o'tdi.

 " Toshkent suv ta'minoti" MCHJ Bekobod tumani bo'limi bosh muhandisi Hamid Shodimatovning hisoboti eshitildi. Hisobotda joy muammolari, asbob uskunalar, xizmat mashinalari yetishmasligi to'g'risida aytib o'tildi. Bundan tashqari kommunal to'lovlar vaqtida to'lanmaydi. Ayni paytda yuridik shaxslarda 22 mln , axolida esa 390 mln qarzdorlik mavjud. Bu esa ushbu tizimga katta zarar keltirishi tabiiy. Yana shunday kamchiliklardan biri texnikalarning yaroqli axvolda emasligi, xizmat mashinalari Gaz 52 va Damas avtomobillarini ishga yaroqsizligidir. Ularni ta'mirlash uchun esa tashkilotda mablag' yetarli emas. Tumanda hozirda faqatgina 13 ta suv nasosi ishlamoqda. Shu boyis tizimdagi mana shunday muammolarni hal qilish uchun 30 mlrd imtiyozli kredit olish rejalashtirilmoqda. Bu borada ushbu eshittiruvda muhokamalar bo'lib o'tdi.

✍️O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti talabasi Imonberdiyeva Aziza

Report Page