Ma’naviyati mustahkam jamiyatning – kelajagi buyuk
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo‘linmasiYurtimizda amalga oshirilib kelinayotgan, islohotlar, o‘zgarishlar, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni xalqqa yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Vobkent tuman “Xayrixush” MFY hududida joylashgan 25-umumta’lim maktabida “Mahalla duv-duv gap” turkum tadbirlari doirasida “Ma’naviyati mustahkam jamiyatning – kelajagi buyuk” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda “Xayrixush” MFY raisi D.Jo‘rayev, “Miri Xurd Vobkandiy” jome’ masjidi imom-xatibi Q.Shukrullayev, xotin-qizlar faoli M.Ikromova, “Xayrixush” MFY yoshlar yetakchisi A.Mirzaxurdov, profilaktika inspektori, 25-umumta’lim maktabi direktori Z.Hakimova, mahalla faollari va pedagoglar ishtirok etdi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ma’naviyay-ma’rifiy yuksalish borasidagi islohotlar Yangi O‘zbekiston strategiyasida jamiyatning ruhini belgilab beruvchi eng muhim yo‘l sifatida bejiz tanlanmagan. Tashkil qilinayotgan bunday tadbirlarning asosiy maqsadi ham xalqimizni ulug‘ maqsadlarimiz yo‘lidagi hamjihatligini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tadbir davomida Vobkent tuman madaniyat markazining iste’dodli, xushovoz xonanda Mirzayev Shohruh tomonidan ijro qilingan kuy-qo‘shiqlar ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo‘linmasi