Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak.

Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak.


Bugun tumandagi bir qator mahallalarda “Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ'ibot tadbirlari tuman hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, tuman Madaniyat bo'limi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limi hamkorligida o'tkazildi.

Yangi O'zbekistonni bunyod etish yo'lida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko'tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.

Qadrli tumandoshlar!!! Bunday targ'ibot tadbirlarining o'tkazilishi xalqimiz, ayniqsa yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko'tarilishiga xizmat qilmog;i darkor,-deya o'z mulohazalarini bildirdi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari D.G'afforova.

Bugun qishloqlarimizni kezar ekansiz, aholining turmush farovonligi oshayotganiga bevosita guvoh bo‘lasiz. Har bir uyda qo‘sha-qo‘sha avtotransport vositalari, qad rostlayotgan zamonaviy turarjoylar aholi farovonligi oshayotganining yorqin namunasidir. Sifatli ta’lim farzand­larimizning har tomonlama bilimli bo‘lishi shubhasiz, porloq kelajagimizning asosiy poydevorlaridan biridir. Ixtisoslashtirilgan o‘rta ta’lim muassasalaridan tashqari, Prezident maktablari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganini bu yo‘ldagi xayrli va ezgu amallarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish maqsadida ko‘plab nodavlat oliy ta’lim muassasa­lari faoliyat olib bormoqda,-deya nuroniylar o'z fikrlarini bildirib o'tdilar.

Toki yer yuzida hayot davom etar ekan, ona Vatanimiz yanada taraqqiy etib, xalqimizning turmushi farovonlashib boraveradi. Zero, mustaqillik bu huquq demakdir, O‘zbekiston esa ulkan imkoniyatlar mamlakatidir.

✍️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman bo'linmasi

Report Page