“Ma’naviyat festivali”

“Ma’naviyat festivali”

ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda



“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat festivali” davom etmoqda.


Shumanay tumani “Begjap” OFYdagi 15-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy tadbirda ziyolilar, san’at namoyondalari, yozuvchilar, shoirlar, aktyorlar ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Mirzo Karim, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyori Muzaffar Xamidov, tarix fanlari doktori, professor, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Fayzullo Ernazarov, kino aktyor Dilshod Kattabekov, xonandalar Saidaxror Xolmatov, Jasur Raximov, Berdaq nomidagi akademik musiqali teatri aktyorlari Qo‘pjujisin Allanazarov, Xidirniyoz Boboniyozov, aktrisa Nozbibi Quvvatovalar shular jumlasidandir.


Ular aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, yoshlarning orzulari, intilishlari bilan qiziqdi. Iste’dodli yigit-qizlarga o‘z maslahatlarini berib o‘tishdi. Xuddi shunday tadbirlardan biri “Qibrayli” MFYda ham tashkil etildi.

Kun davomida festival doirasida “Sog‘lik uchun 5 ming qadam” aksiyasi hamda velomarafon bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, konsert dasturlari ham namoyish etildi.

Aytish kerakki, o‘tkazilayotgan har bir ma’rifiy tadbir davomida “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholi vakillariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati

Axborot xizmati


Report Page