Ma’mun universitetida tarjimaning muhim muammolari haqida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ma’mun universitetida tarjimaning muhim muammolari haqida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

ELBEK MUSAYEV

 

Ma’mun universitetida tarjimaning muhim muammolari haqida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


Tarjima - murakkab faoliyat. Uning murakkabligi muammolarga boy ekanligi bilan bevosita bog‘liq. Ular haqida etarli tasavvurga ega bo‘lish, mazkur faoliyat mohiyatini teran tushunish imkonini beradi. Ma’mun universitetida tarjimaning muhim muammolari haqida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


Sir emaski, tarjimaga oid deyarli barcha zamonaviy tadqiqotlarda shu faoliyat bilan bog‘liq masalalar turlicha, ko‘p hollarda qiyosiy tilshunoslik yoki qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan yoritib kelindi. Buning oqibatida kelib chiqqan ziddiyatlar tarjima ilmi taraqqiyotiga to‘sqinik qilib keldi. Holbuki, har qanday holda ham, muayyan tarjima qay darajada amalga oshirilgani yoki amalga oshirilishi tarjimon omiliga, ya’ni uning bilimi va mahorati bilan bog‘liq masalalarga bevosita bog‘liq.


Ma’mun universitetining Urganch shahridagi binosida "Tillararo va madaniy barqarorlik: muammo va yangi manzillar” mavzusidagi tarjimashunoslik bo‘yicha chet el tilshunoslari ishtirokida ilmiy- amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ilmiy-amaliy anjumanda Ozarbayjon, Qozog‘iston, AQSH, Xitoy va o‘zbekstonlik taniqli tarjimashunos olimlar ishtirok etdilar. SHuningdek, tadbirda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining chet tili o‘qituvchilari, bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni Ma’mun universiteti rektori Arslonbek Nurjonov kirish so‘zi bilan ochdi.


Ilmiy amaliy anjumanda Ozarbayjon Xazar universiteti professori Elvin Abbosbeylining “Evropada anjuman tarjimonligi kasbi va diplomatik tarjimonlik”, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti filologiya fakulteti xorijiy filologiya va tilshunoslik kafedrasi dotsenti Gulzira Akimbekovaning “Tilshunoslikning kognitiv pardigmalari”, AQSHning Kent universiteti professori Reychl Berd AlAxmadning “Til va madaniyatni tarjima qilish sarguzashtlari”, UrDu dotsenti Zohid Jumaniezovning “Diplomatiya termini va tushunchasi”, dotsent Jamila Ermetovaning “Lingvokulturologiya bo‘yicha yangi bilimlarni rivojlantirish: chog‘ishtirma tadqiqotlar tahlili”. Lotsenti Gulandom Masharipovaning “Tarixiy ilmiy so‘zlarning tarjima masalalari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.










Ushbu anjumanda viloyatimizning ingliz tili bilish darajasi S1 bo‘lgan 32 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari hamda ingliz tili bilish bo‘yicha 11-sinf bitkazuvchi o‘quvchilaridan S1 va V2 bo‘lgan 78 nafar o‘quvchi qatnashdi.Tadbir yakunida S1darajaga ega 16 nafar 11- sinf bitkazuvchilari Mamun Universitetiga grant asosida, ingliz tilini bilish bo‘yicha V2 darajaga ega 62 nafar bitiruvchilar 50 foiz grant asosida muddatidan oldin talaba bo‘ldilar. SHu munosabati bilan universitet rektori tomonidan o‘quvchilarga o‘qishga qabul qilinganliklari haqidagi SERTIFIKAT topshirildi.




Bo‘lib o‘tgan seminar tarjimashunoslik fanining keng miqyosda o‘rganilishi, uning tarkibiy tahlili to‘plangan ma’lumotlarni nazariy jihatdan umumlashtirish imkonini berishi bilan bir qatorda, tarjimonlik qobiliyatini shakllantirish va shu kasbga mehr qo‘ygan yoshlarning mahoratini charxlash, ularning salohiyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdek muhim, ijtimoiy ahamiyatga molik vazifaning ijrosini jadallashtirishiga yordam beradi.



Report Page