Mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi

Mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayrami munosabati bilan yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi

@adliyangiliklari

O‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, yurtimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashga, huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan bir qator huquqshunos hamkasblarimiz bayram munosabati yuzasidan maxsus unvon –martaba darajalari olganligi bilan tantanali taqdirlanishdi.

Joriy yilning 7-dekabr kuni maxsus unvon –martaba darajalari mutasaddi idoralarning xodimlariga tantanali ravishda topshirildi.

“2-darajali yurist” maxsus unvon –martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Yuridik boshqarmasi yetakchi yuriskonsul'ti Abduvaliyev Mashrabjon Ulug‘bek o‘g‘li hamda Toshkent shahar hokimligi Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsul'ti Salijanov Sherzod Sadikjanovichlarga hamda “3-darajali yurist” maxsus unvon –martaba darajasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsul'ti Hayitbayev Izzatbek Maqsudbekovichga berildi. 

Bundan tashqari, 31 nafar yuridik xizmat xodimlari turli darajadagi maxsus unvon –martaba darajalari bilan taqdirlandilar.

Maxsus unvon – martaba darajalari uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-son qarorida yuridik xizmat xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lab borishi lozimligi nazarda tutilgan.

Ta'kidlash joizki, davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat faoliyatining takomillashuvi jamiyatda qonuniylikni ta'minlashning muhim omilidir.

Report Page