Obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar va barpo etilayotgan yangi maydonlar

Obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tadbirlar va barpo etilayotgan yangi maydonlar

Economymoliyapress
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini moliyaviy tartibga solish departamenti direktori o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i Zoxid Haydarov bilan obodonlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan:

Respublikada shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlariga zamonaviy qiyofa baxsh etish maqsadida, shu jumladan, respublika tumanlari va shaharlaridagi mavjud obodonlashtirish masalalari bo‘yicha tashkilotlar (bo‘linmalar) negizida obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish yo‘li bilan obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan izchil choralar ko‘rilmoqda.

Shu bilan birga, oxirgi 4 yilda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnik jihatdan yetarlicha ta'minlanmaganligi va jihozlanmaganligi, malakali kadrlar yetishmasligi, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta'minlashning past darajada ekanligi shuningdek, ushbu sohada ta'sirchan jamoatchilik nazoratining yo‘qligi aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4 iyundagi PQ–4351-son hamda 2021-yil 2 apreldagi PQ-5052-sonliga qaroriga asosan obodonlashtirish boshqarmalarining kuch va resurslaridan oqilona foydalanish, ularning ishini optimallashtirish, qo‘l mehnatini kamaytirish shuningdek, obodonlashtirish sohasida ishlarni tashkil etishni takomillashtirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berilgan. Jumladan:

2020–2024 yillar davrida tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash parametrlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarga asosan 1 423 ta texnika va mexanizmlar xarid qilinishi belgilangan bo‘lib shundan, 2020-2022 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1039 ta texnika va mexanizmalr xarid qilindi. Ushbu texnikalarni xarid qilish uchun 374,9 mlrd.so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.

Obodonlashtirish sohasi xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish ishlari belgilab berildi. Bunda:

- 2020 yildan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarning shaxar, tuman Obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari uchun mexnatga xaq to‘lash tarmoq tarif setkasi miqdorlari Toshkent shahri tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari uchun nazarda tutilgan miqdorlar bilan tenglashtirildi, Respublikaning shahar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari ishchi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 40-50 % gacha oshirildi;

- Toshkent shahar hokimligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan obodonlashtirish boshqarmalari hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish boshqarmalari xodimlariga xar oyda lavozim maoshining 30% ustama hamda viloyat markazlari obodonlashtirish boshqarmalari, viloyat bo‘ysunuvidagi shaxar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga har oyda lavozim maoshining 15 % miqdorida qo‘shimcha ustamalar belgilandi;

- Shaxar, tuman Obodonlashtirish boshqarmalari xodimlariga har oyda qonun xujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida ovqatlanish uchun kompensasiya pullari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30 dekabrdagi PF-46-son “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Obodonlashtirish boshqarmalari faoliyati bo‘yicha bir qancha vazifalar belgilab berildi. Bunda:

2022 - 2026 yillarda tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtirish hududlariga sug‘orish tizimlarini va suv chiqarish quduqlarini tashkil etish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra respublikaning shaxar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlarda davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan jami qiymati 264,5 mlrd.so‘m xisobiga 1 561 km sug‘orish tizimilari hamda 1 031 dona suv chiqarish quduqlari tashkil etilishi belgilandi;

2022 - 2026 yillarda davlat byudjeti mablag‘lari xisobidan tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika va mexanizmlar bilan jihozlash davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga asosan respublikaning barcha shaxar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga jami qiymati 386,1 mlrd.so‘m mablag‘lar xisobiga 487 ta zarur bo‘lgan texnika va mexanizmlar xarid qilinishi belgilandi.

Obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlar va barpo etilayotgan yangi maydonlar va hiyobonlarning obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufiga berilishi natijasida soha xodimlarining ish yuklamalari oshib borayotganligi va shtat birliklarining yetishmasligi bo‘yicha:

Hududlarda aholi turmush darajasini oshirish, keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida yangi maydonlar va hiyobonlarning barpo etilishi tufayli Obodonlashtirish boshqarmalarida ish hajmlari (supurish, ko‘kalamzorlashtirish, irrigasiya tarmoqlari, tashqi yoritish va hokazo) oshib bormoqda.

Misol uchun: 2019-yilda Respublikaning shaxar va tuman Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi ko‘kalamzorlashtiriladigan hamda obodonlashtiriladigan maydonlar 203 569 ming m2 ni tashkil etgan bo‘lsa 2022 yilga kelib 227 791 ming m2 ni ya'ni ko‘kalamzorlashtirish maydonlari 24 222 ming m2 ga ortganligini ko‘rsatmoqda.

Shu sababli, vazirlik tomonidan, respublika Obodonlashtirish boshqarmalarida mavjud shtat birliklari ish yuklamalarining me'yorlarga nisbatan farqlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijasida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Obodonlashtirish boshqarmalarida shtat birliklari belgilangan me'yorlari bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar.

Obodonlashtirish sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda sarflanadigan vaqt va boshqa me'yorlar bo‘yicha Tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari xodimlarining me'yorlangan sonini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga vazirlikning tegishli xisob-kitoblariga asosan (ro‘yxat raqami 1989-2, 2019-yil 23 iyul) o‘zgartirish kiritildi.

Ushbu yo‘riqnomaga asosan, Respublika bo‘yicha bir biridan mustaqil obodonlashtirish boshqarmalari faoliyati bo‘yicha Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi xududlar qayta xatlovdan o‘tkazilib, boshqarmalar kadastr xujjatlari va pasportlari yangidan tasdiqlanib, shtat birliklari talabi qayta xisob-kitob qilindi. Xisob-kitoblarga asosan, 201 ta tashkilotlarda 2019-yilda jami 53 586,0 ta shtat birligi mavjud bo‘lgan bo‘lsa 2022-yilga kelib Hukumat qarorlariga asosan yangi tashkil etilgan Obodonlashtirish tashkilotlari hamda belgilangan me'yorlarga asosan 229 ta tashkilotlarda shtat birliklari 65 575 tani tashkil etdi. Qariyb 11 989 ta shtat birliklari shaxar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga ajratib berildi.

Mazkur shtat birliklaridan kelib chiqib, obodonlashtirish sohasida belgilangan vazifa va funksiyalar quyidagi bo‘limlarga ajratilgan holda ishlar tashkil qilingan, jumladan:

obodonlashtirish (yo‘llar, sun'iy inshootlarni, granit-marmar zinapoyalar va maydonchalarni hamda gazonlarni tasodifiy axlatlardan tozalash, hududlarga suv sepish, axlat qutilarini tozalash va yuvish, qorni supurish, qish vaqtida hududlarga qum sepish);

ko‘kalamzorlashtirish (hududga ko‘chat, gul, gazonlarni ekish, maysalar, daraxtlar (bir yillik, ko‘p yillik, archali, bargli, mevali), yashil to‘siqlarni parvarish qilish va ularga shakl berish);

irrigasiya (ariqlar qazish, qoplamali va qoplamasi bo‘lmagan turli chuqurlik va uzunlikdagi ariqlarni, quvurlarni cho‘kindilardan tozalash, irrigasiya tarmoqlarini ta'mirlash ishlari);

drenaj (vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, sun'iy havzalar, yer osti va yomg‘ir suvlarini haydaydigan nasos stansiyalari) va favvoralarni saqlash, mukammal va joriy ta'mirlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha boshqa ishlar);

qabristonlarni obod qilish (me'yorlar va qoidalarga muvofiq dafn etish joylari (qabristonlar) va qabr ustiga o‘rnatilgan yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish);

tashqi yoritish tizimidan foydalanish (yo‘llar va ko‘chalarning tashqi yoritish tarmoqlarini saqlash, mukammal va joriy ta'mirlash hamda ulardan foydalanish).


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati



Report Page