Ma’lumot uchun:
Mutaxassislar uchun Fulbrayt dasturi yirik Fulbrayt dasturining bir qismi bo‘lib, 2001 yilda AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi (ECA) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, dastur doirasida mezbon tashkilotlar tomonidan o‘zlarining faoliyat yo‘nalishlari uchun ustuvor bo‘lgan masalalar hamda ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ma’lum bir sohaga oid loyiha ishlab chiqiladi.
Loyiha tashkilotchilar tomonidan ma’qullanganidan so‘ng belgilangan sohada faoliyat yuritayotgan xorijiy mutaxassis bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.