Ma'lumot uchun

Oʻquv kurslarida talabalar mutaxassisligi va ta’lim yo‘nalishidan qat’iy nazar o‘qishdan ajralmagan holda ishtirok etadi va zamonaviy kasb egallash imkoniga ega bo‘ladi. Oʻquv kurslariga saralash bosqichida g‘olib deb topilgan hududlardagi talabalarga, o‘quv yili davomida o‘qishini mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik asosida tashkil etiladi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tinglovchilar uchun o‘quv kurslarida o‘qishi davomida bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.