Ma’lumot

Ma’lumot

Yoshlar ittifoqi uzdjtu

Yo‘nalishlar va ularning vazifalari 

Yoshlar Ittifoqi universitet kengashi tarkibidagi har bir yo‘nalish aniq maqsad va vazifalarga ega bo‘lib, ularda ishtirok etuvchi nomzodlardan shu soha doirasida tashabbus ko‘rsatish, amaliy rejalar ishlab chiqish va dolzarb g‘oyalarni ilgari surish talab etiladi.

1. Intellektual loyihalar yo‘nalishi koordinatori

Mazkur yo‘nalish doirasida “Zakovat”, intellektual viktorinalar, munozaralar (debatlar), ilmiy tanlovlar kabi bilimga asoslangan tadbirlarni tashkil etish ko‘zda tutiladi. Shu orqali talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni rivojlantirish va fikrlash qobiliyati yuqori yoshlarni jamlash maqsad qilinadi.

2. Besh tashabbus loyihalari yo‘nalishi koordinatori

Ushbu yo‘nalish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusi talabalar orasida samarali targ‘ib qilinishi maqsadida sport, musiqa va san’at, axborot texnologiyalari, kitobxonlikni rivojlantirish hamda ayollar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida turli tadbirlar va loyihalar tashkil etiladi. Nomzodlarga 5 ta muhim tashabbus doirasidagi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari, (sport, kitobxonlik, san’at, IT,SMM, hunarmandlik va hokozo) iqtidori, qobiliyati, mahorati saylov jarayonida ustunlik beradi.

3. Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi koordinatori
Talabalar orasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy xizmatga hurmat, milliy qadriyatlarga e’tibor uyg‘otuvchi tadbirlar o‘tkazish. Faxriylar bilan uchrashuvlar, yodgorliklarga tashrif, safarlar tashkil qilish kabilar ushbu yo‘nalish doirasiga kiradi.
4. Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar yo‘nalishi koordinatori 

 Bu yo‘nalishda yoshlar orasida tadbirkorlik g‘oyalarini shakllantirish, startaplar va innovatsion tashabbuslarni rag‘batlantirish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, tajribali tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, turli nomdor stipendiyalar sohibi bo‘lishlari uchun ko‘maklashish kabi bir qator vazifalar amalga oshiriladi. Nomzodlarga nomdor stipendiya sohibi bo‘lganligi, startap loyihalar amalga oshirganligi va tadbirkorlik sohasiga bo‘lgan qiziqishi ustuvorlik beradi.

5. “Yoshlar daftari” va metsenatlik ishlari yo‘nalishi koordinatori

Ushbu yo‘nalish jtimoiy himoyaga muhtoj yoki nogironligi mavjud talabalarni aniqlash, ularga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashabbuslarni ishlab chiqish va metsenatlik asosida amaliy ko‘mak tashkil qilishga qaratilgan faoliyatni qamrab oladi.

6. Talaba qizlar yo‘nalishi koordinatori 

Qizlar o‘rtasida ijtimoiy faollikni oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etiladi. Asosiy e’tibor gender tengligi, ayollar huquqlari va ularning salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

7. Talabalar turar joyi yo‘nalishi koordinatori

Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, madaniy va tarbiyaviy muhitni mustahkamlash, turar joy sharoitini doimiy monitoring qilish kabilarni o‘z ichiga oladi. Ushbu yo‘nalishga o‘z nomzodini qo’ymoqchi bo‘lgan talabalar yotoqxonada yashayotgan bo‘lishi shart

8. San’at va madaniyat yo‘nalishi koordinatori

Mazkur yo‘nalish doirasida talabalar o‘rtasida ijodkorlik va estetik didni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkaziladi. Musiqa, raqs, teatr, tasviriy va amaliy san’at, sahna madaniyati, she’riyat kechalari kabi loyihalar orqali iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijod mahsulotlarini targ‘ib qilish maqsad qilinadi. Nomzodlarga ijodiy tanlovlarda, festivallarda yoki madaniy tadbirlarda faol ishtiroki ustunlik beradi.

9.IT va dasturlash yo’nalishi koordinatori

Ushbu yo‘nalish doirasida axborot texnologiyalari, dasturlash, SMM, sun’iy intellekt, kibersavodxonlik kabi yo‘nalishlarda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshiriladi. IT musobaqalari, master-klasslar, “Hackathon” va innovatsion tanlovlar tashkil etish orqali talabalar orasida raqamli tafakkurni rivojlantirish maqsad qilinadi. Nomzodlarga dasturlash, dizayn, SMM yoki IT sohasidagi amaliy tajriba va yutuqlar ustuvorlik beradi.

10. Eko-taraqqiyot va yashil g‘oyalar yo‘nalishi koordinatori

Bu yo‘nalish doirasida ekologik madaniyatni shakllantirish, atrof-muhitni asrash, yashil makon yaratish, chiqindilarni qayta ishlash va ekologik tadbirlarni yo‘lga qo‘yish maqsad qilinadi. Talabalar o‘rtasida ekologik aksiyalar, “Yashil hafta”, “Toza kampus” kabi tashabbuslarni amalga oshirish orqali eko-fikr va mas’uliyatni kuchaytirish rejalashtiriladi. Nomzodlarga ekologik loyihalarda ishtirok etganlik yoki tabiatni asrash bo‘yicha tashabbuslari ustunlik beradi.



Report Page