Kuala Lumpurda tashrif buyurish kerak bo'lgan 25-ta joy

Kuala Lumpurda tashrif buyurish kerak bo'lgan 25-ta joy

@worlduz


Malayziyaning poytaxti Kuala-Lumpurda, Tamil, Xitoy, Malay va mahalliy aholisi yashaydi. Davlatning eng katta shahri, Kuala-Lumpurning maydoni 200 kvadrat KM ga cho'zilgan. Sayyohlik - Kuala-Lumpurning eng asosiy urg'usi, turli xil diqqatga sazovor joylar. Shaharda xilma-xil ajoyib futuristik minoralar, osmono'par binolar, mahaliy bozorlar, masjidlar Kuala-Lumpurning ajoyib shaharligini aks ettiradi.

Agar kun bo'yi bargli bog'da sayr qilishni yoki qavatli megapolis markazida narsalar xarid qilishdan zavq olsangiz, Kuala Lumpurga tashrif buyurishingiz shart.

1. PETRONAS Minoralariga tashrif buyuring

Dunyoning eng tanoqli binolaridan biri - Petronas Minoralari, yoki ular 2-ta ligini inobatga olsak - Petronas Egizak Minoralari dunyoning eng baland egizak minoralaridir. Uning postmodern arxitekturasi islomiy dizayni uyg'unlik bilan aralashgan. Sayyohlar yig'ilib, minoralarni ulaydigan ko'prikdan bir minoradan ikkinchisiga o'tayotganda hayratlanib chiroyli Kuala-Lumpur manzaralarini ko'rishadi.


2. Shri Mahamariammon ibodatxonasi tarixini o'rganing

Kuala-Lumpurning eng tarixiy Hindu ibodatxonasi bo'lgani bilan mashxur, 19-chi asrda barpo etilgan Shri Mahamariammon ibodatxonasiga albatta tashrif buyurishingiz kerak. Ibodatxonani katta rang-barang jabhadasini ko'rib osonlikcha tanishingiz mumkin.


3. Nasri Kandar mahaliy ovqatini tatib ko'ring

Nasri Kandar - aralash guruch, to'vuq go'shti, dengiz o'tlari va souslari bilan istemol etiladi.

4. Kuala-Lumpur qush bog'ida do'st orttiring

20 akr maydoniga ega, bu ulkan parranda bog'i, 3000 day ortiq qushlarning uyidir. Sayyohlar bog'ning flora va faunasi bilan tanishib, dunyoning eng katta parranda bog'ida zavqlanishi mumkin.


5. Milliy muzey madaniyati bilan rohatlaning

Malayziya tarixi va madaniyati bilan tanishing, Malayziya uylarining, to'y va o'v jarayoni replikatsiyalarini ko'ring.


6. "Sunway Lagoon Theme Park"da maza qiling

Ushbu kompleks ichida park safari, interaktiv o'yinlar, to'lqin va so'rf hovuzlar va hatto hayvonot bog'i bor.


7. Aquaria KLCC chuqurliklari bilan tanishing

"Aquaria KLCC"ning maydoni 18 kvadrat KM. Akvarium o'rtasida 91 metr uch tomondan suv bilan o'ralgan tunel bor. Bu yerda ko'p o'qish va interaktiv ko'rgazmalar o'tkaziladi.


8. Markaziy bozorda narsa xarid qiling

Kuala-Lumpur markaziy bozori, yoki "Pasar Seni", avval dala bozori bo'lgan. Xozirgi vaqtda bozorning ichida turli xil maxsulotlar sotiladi. Indiya, Tamil va Malayziya mahaliy esdalik maxsulotlari, rasmlar va qo'lda yasalgan san'at maxsulotlari sotiladi.


9. Kuala Lumpur Temir yo'l stantsiyasi

Avval Kuala Lumpur bosh stantsiyasi bo'lgan, xozirgi paytda ichida temir yo'l muzeyi joylashgan.


10. Hutong savdo markazida tez tayyorlanadigan ovqat tatib ko'ring

Kuala Lumpurda oziq ovqat markazlari yetarlicha ko'p, ammo Hutong savdo markazi eng zo'rlaridan biri.


11. Royal Selangor Mexmon Markazining muzeyi

12. Kuala Lumpur Minorasi

Kuala Lumpur minorasi, yani "Menara Kuala Lumpur"ning balandligi 335 metr ko'rish qismidan shaharni panoramik manzaralarini ko'rishingiz mumkin.


13. Kuala Lumpur kapalak parki

Ushbu park ichida 120 dan ortiq kapalak turi bor. O'rmon uslubida barpo etilgan parkning ichida yo'laklar, ko'llar, hovuzlar va gazebolar bor.


14. Suria KLCC majmuasida narsa xarid qiling

Olti qavvatli Suria KLCC majmuasida siz sayrlar, kinoteatr, supermarket va turli xil oziq ovqat markazlarni topsangiz bo'ladi.


15. Oziq ovqat Jannat Makoni - Alor Ko'chasiga keling

Avval shubhali va havfli ko'cha bo'lgan, hozirgi vaqtda oziq ovqat Jannat Makoni deyiladigan ko'cha.


16. Jamek Masjidi

1900 yillarning boshida barpo etilgan, Malayziyaning eng qadimiy masjidi hisoblanadi.


17. Malayziya Milliy Hayvonot Bog'i

Kuala Lumpurniny shimoliy-sharqida joylashgan, Milliy Hayvonot Bog'i va 500 dan ortiq hayvonlar turining uyi, Malayziya Zoologik Jamiyat bilan boshqariladi.


18. "China Town"da sayohat qiling

Kuala Lumpur, Indiya va Malayziya aholisidan tashqari, Xitoy aholisining soni ham katta. "China Town" maxsus Xitoy maydoni va tashrif buyurish uchun juda arziydigan joy.


19. "Istana Negara"da qirollar tarixini o'rganing

2011 yilda yangi saroy qurilguncha, Istana Negara Malayziyaning sobiq qirol oilasining saroyi bo'lgan, va hozirgi vaqtda Istana Negara - qirol oilasining muzeyi.


20. Maybank Numizmatik Muzeyida pul hisoblang :)

Malayziyaning eng ulkan bank tomonidan boshqariladigan Maybank muzeyi endi o'z ichida Malayziyadagi eng katta pul kollektsiyasini saqlaydi.


21. Milliy Masjid arxitekturasi bilan zavqlaning

Malayziya Milliy Masjidi chindan ham ulkan imoratdir. 60-chi yillarda barpo etilgan ushbu masjid o'z ichiga 15,000 odam saqlay oladi.


22. Batu g'origa hush kelibsiz

Shahar chetida joylashgan Batu G'ori butun dunyodan sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.


23. Kuala Lumpur Markaziy Parkida sayr qiling

Malayziyaga kelib Petronas Minoralarning yonida joylashgan parkga kelmasangiz, butun sayohatingiz behuda bo'lgan hisoblanadi.


24. Tean Hou Buddist ibodatxonasi

25. Kechki payt "Oltin Uchburchak"ga boring

Barlar, klublar, restoranlar va otellar joylashgan mashhur ko'cha.


World.uz ga a'zo bo'ling!

Report Page