Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Buxoroga tashrif buyurdi.

Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Buxoroga tashrif buyurdi.

Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi


Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Buxoroga tashrifni Bahuddin Naqshband qadamjosini ziyorat qilishdan boshladi. Shundan so‘ng Sharif shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Ark qal’asidagi sayohatdan so‘ng Mir Arab oliy madrasasida ilmu toliblar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.


Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz ansambllari ham mehmonlarda o‘ziga xos taassurot qoldirdi.

Martabali mehmonga Buxoro hunarmandchilik namunalari ham namoyish etildi. Buxoro gilamchilik markazida ipakdan to‘qilayotgan turli hajmdagi gilamlarning to‘qilish jarayonini kuzatdi va gilamdo‘zlarning qo‘l mehnati bilan yaralayotgan mehnat mahsulidan hayratda ekanini yashirmadi. Tashrif davomida  mehmonlarga Buxoro Davlat Universiteti ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchisi D.Z.Olimova tarjimonlik qildi.


Report Page