Malakka bo‘g‘ozi

Malakka bo‘g‘ozi


Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Osiyoning boshqa mamlakatlaridagi ko‘plab ishlab chiqarish kompaniyalari o‘z mahsulotlarini Yaqin Sharq va Yevropaning iste’mol bozorlariga Malakka bo‘g‘ozi orqali yetkazib beradilar.

Malakka bo‘g‘ozi, xuddi shuningdek, Yaqin Sharqdan Osiyo mamlakatlari va Avstraliyaga neftni tashiydigan kemalar uchun asosiy yo‘l sifatida xizmat qiladi.

2003 yilda butun dunyo dengizlarida tashilgan neft mahsulotlarining 25 % i Malakka bo‘g‘ozi orqali o‘tgan va u kuniga 11 mln. barrelni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich mintaqadagi Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya  va Yaponiya kabi mamlakatlarning  neftga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotganligi tufayli doimiy ravishda o‘sishda davom etmoqda.

Suv yo‘lidagi tig‘izlikni kamaytirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Bu masalada ko‘plab takliflar mavjud bo‘lib, ularning eng avvalgilaridan biri Tailand hududidagi Kra tor bo‘yini orqali kanal qurish taklifidir. Bu taklif amalga oshsa bo‘g‘ozni suzib o‘tishga ketadigan yo‘l qariyb 1000 km ga qisqaradi. Biroq bu taklif qariyb 300 yildan buyon taklifligicha qolmoqda. Bundan tashqari, Malayziyaning Kedax va Kelantan viloyatlarini birlashtiruvchi neft quvurini qurish rejasi ham ishlab chiqilgan.


Report Page