Maktablarga tashrif davom etmoqda

Maktablarga tashrif davom etmoqda


Мамуров Улугбек

BuxDU “Harbiy ta’lim” fakulteti Umumqo‘shin tayyorgarlik sikl ofitser-o‘qituvchilari “Vatanparvarlik oyligi” doirasida shahrimizning 23-sonli maktabda bo‘lib, o‘quvchi-yoshlarga respublikamiz Qurolli kuchlari tarixi to‘xrisida qisqacha ma’lumotlar berib, bo‘lajak vatan himoyachilariga Ofitserlik kasbi eng sharafli va buyuk kasblardan biri ekanligi, bu kasbni egallash yoshlardan yuksak bilim, sabr, mexnat va tinimsiz izlanishni talab etishi xakida gapirdilar. 

Maktab ukuvchilaridan aksariyat kismi kelgusida vatan himoyachisi – ofitserlik kasbini egallamokchi ekanliklari xaqida o‘z fikrlarini bildirdilar va suxbat davomida bu maksadni amalga oshirish yo‘lida nimalarga e’tibor berish lozimligi, kaysi fanlarni yanada chuqur o‘rganish zarurligi tugrisida ofitser-o‘qituvchilarga ko‘plab savollar bilan murojaat kildilar. O‘quvchi-yoshlarining barcha savollariga aniq oydin o‘z javoblarini berib, ularga o‘zlarining xizmat jaryonlaridan qiziqarli misollar keltirdilar. Suhbat yoshlarda juda katta taasurot qoldirdi va ularning ofitser bo‘lish istak xoxishini yanada mustaxkamladi.


Report Page