Maktablar bilan samarali hamkorlik

Maktablar bilan samarali hamkorlik

Laylo Xaydarova Xamroyevna

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor -o'qituvchilari M.B.Axmedova, N.S.Zokirova, D.Z.Olimova va L.X.Xaydarova 2024 yil, 9 yanvar kuni Buxoro shahar 11- umumta'lim maktabiga tashrif buyurib , "Some hints to make classes effective " mavzusida maktab ingliz tili o'qituvchilari uchun mahorat darsini tashkil etdilar.


Trening jarayonida o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish uchun interfaol metodlardan samarali foydalanish usullari o'rganildi . Dars jarayonida o'quvchilar faolligini oshirish uchun "Scavenger hunt", "Think-Pair- Share", "Answer garden" , "Word wall" kabi interfaol metodlardan samarali foydalanish usullari muhokama etildi.


Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor- o'qituvchisi, PhD M.B.Axmedova 11- umumta'lim maktabi metodbirlashma rahbari N.F.Kasimovaga kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun darslik va o'quv-qo'llanmalarini taqdim etdilar.


O'qituvchilar treningda faol ishtirok etib, turli topshiriqlarni bajarib, o'z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Trening so'ngida o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Mazkur trening jarayonini mazmunli tashkil etganliklari uchun maktab ma'muriyatiga minnatdorchilik bildirildi


Report Page