🏫 Maktabga necha yoshdan chiqqan maʼqul? 

🏫 Maktabga necha yoshdan chiqqan maʼqul? 


Maktabga 6 yoshdanmi yoki 7?


🔸Olti yoshli bolalar ong va qiziquvchanligi bilan ajralib turishadi, shuning uchun maktabga borishni yangi sarguzasht sifatida qabul qilishadi. Ular oʻz tengdoshlari bilan tez til topishib ketishadi.


🔸Lekin koʻpincha olti yoshli birinchi sinf oʻquvchilari darslarda oʻtirishi juda qiyin boʻladi. Yosh boʻlganlari sababli 30-40 daqiqa davomida partada o‘tirib o‘qituvchini diqqat bilan tinglash uchun sabrlari yetmaydi. 


🔸Yetti yoshli bolalar maktabga yaxshiroq tayyorlangan boʻlishadi, tirishqoqroq, sabrliroq boʻlishadi. Oʻqituvchilar bunday oʻquvchilarni maqtashadi, ularni oʻrnak qilib koʻrsatishadi. 7 yoshli bolaning asab tizimi 6 yoshnikiga qaraganda ancha rivojlangan boʻladi.


🔸Lekin baʼzi 7 yoshli bolalar 1-sinfga borguncha oʻqish, yozish, hisoblashni bilgan boʻladilar va darslarda zerikib qoladilar.


❗Shifokorlar bilan maslahatlashish, bolani tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va bu masalaga har tomonlama yondashish ota-onalar farzandining maktabga tayyorligini aniqlashtirishga yordam beradi.


🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.

Report Page