Maktab ota-ona kengashlari raislari bilan muloqot.

Maktab ota-ona kengashlari raislari bilan muloqot.


IJTIMOIY HAYOTDA BO'STON TUMANI.


Xabaringiz bor, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan ta'lim tizimi shaffofligini ta'minlash, o'quvchilarga munosib ta'lim-tarbiya berish va maktablarda turli noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishini oldini olish masalalarida ota-onalar kengashlari raislari bilan uchrashuvlar tashkil etish belgilab berilgan.

 Joriy yilning 27-noyabr kuni 14-umumta’lim maktabida tumandagi umumta'lim maktablari ota-onalar kengashlari raislari va faol ota-onalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Samimiy ruhda bo’lib o’tgan muloqot jarayonida bir qator masalalar yuzasidan fikr almashildi. Muloqot davomida Andijon shaxridagi 50-umumta'lim maktabida viloyat hokimi va ota-onalar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuv videoroligi yig’ilganlar e’tiboriga havola qilindi. Tuman xalq ta'limi bo’limi mudirining o’rinbosari Ulug'bek Akramov umumta'lim maktablari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yo'nalishida viloyat xalq ta'limi boshqarmasi va tuman hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berib, tumanda birorta ta'lim muassasasida ota-onalardan maqsadsiz pul yig'ish xolatlari bo’lmasligini takidlandi.

Report Page