Maktab direktorlari ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar 

Maktab direktorlari ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar 


Avvalroq, Qoʻqon universitetida maktab direktorlari ishtirokida ilmiy seminar boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik. Ushbu ilmiy seminar Farg‘ona shahridagi Islom Karimov nomidagi Teatr-konsert saroyida ham davom etdi. 

ilmiy-seminar

Mazkur seminar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Qo‘qon universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

ilmiy-seminar

Unda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi soha mas'ullari, hamda Farg‘ona, Marg‘ilon, Quvasoy shaharlari va Rishton, Oltiariq, Qo‘shtepa, Farg‘ona, Toshloq, Yozyovon tumanlaridagi maktablar direktorlari ishtirok etdilar.

ilmiy-seminar

Seminarda soʻzga chiqqanlar maktab va oliy ta’lim o‘rtasida korporativ hamkorlik o‘rnatish, talaba-yoshlarni bilimli va el-yurt koriga yaraydigan farzand qilib tarbiyalash va boshqa masalalarga asosiy e’tibor qaratishdi.

ilmiy-seminar

Maktab direktorlari seminar davomida oʻzlari qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javob oldilar.

Report Page