Maktab darsliklari aslida bepul bo‘lishi kerakmi?
@Geoedu_uzO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitusiyaga zid ekanligi, shu sababli maktab darsliklari bepul bo‘lishi kerakligi haqida aytmoqda.
Rasul akaning fikri bir jixatdan to‘g‘ridir, lekin hozir buning mavridi emas. Bu haqda avvalroq bosh qotirish kerak edi. Hamma narsa hal etib bo‘lingach muammoning quruq o‘zini ko‘tarib chiqish maktab ma’muriyati va ota-onalar o‘rtasida keskin ziddiyatlar keltirib chiqaradi. Chunki ota-onalardan ijara pullarini maktab ma’muriyati yig‘adi.
Marhamat, deputatlar darsliklar bepul bo‘lishi tarafdori bo‘lsa, buni qonunchilikka kiritsin. Bu ularning qo‘lidan keladi. Ammo hal bo‘lmaydigan masalani shunchaki gapirib qo‘yib uni amalga oshirishmasa unda yomon. Chunki buning jabrini faqat maktab ma’muriyati ko‘radi.
Misol uchun 2019 yilda ham “Adolat” sosial-demokratik partiyasi vakili ham darslik uchun to‘lov — Konstitusiyamizga zid deb aytgandi. Mana oradan to‘rt yil o‘tdi ammo hech narsa o‘zgargani yo‘q.
Demak muammoning o‘zi shunchaki ko‘tarilyapti xolos, Oliy Majsilga kiritilgani yo‘q. Shuning uchun hozircha buni turlicha talqin qilib, ota-onalarni Xalq ta’limi vazirligiga qarshi qayrab qo‘ymaslik kerak. Maqsad bepul qilish bo‘lsa, buni yangi o‘quv yili boshlanguncha amalga oshirsa bo‘lardi.
Manba: https://t.me/dokument_zamdirektor/2809