Maktab bilan hamkorlik

Maktab bilan hamkorlik


9-fevral kuni O’zMU Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti "Kartografiya" kafedrasi jamoasi Olmazor tumanidagi Qora-qamish 2/4 dahasida joylashgan 234-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga hamkorlik shartnomasi asosida tuzilgan rejaga muvofiq tashrif buyurdilar. 

Maktabga tashrif

Gʻazal mulkining sultoni, davlat va jamoat arbobi Hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kuni munosabati bilan professor Asomberdi Egamberdiyev hamda xonanda va sozanda Oʻzbekiston xalq xofizi Hasan Rajabiy bilan Javlon Rajabiylar tomonidan Аlisher Nаvoiy tаvаlludining 583 yilligi arafasiga bag’ishlangan ilmiy va badiiy meʼrosini oʻrganish va uni targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirdan lavhalar

 Tadbirda ulugʻ bobomiz ijodiy merosidan oʻrin olgan gʻazal va ruboiylar oʻqilib, shoir dahosi eʼtirof etildi. Maktab o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari hamda ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha ruh baxsh etdi.

Report Page