Mahalliy kompaniyalarning Seuldagi “Korea Import Fair” xalqaro koʻrgazmasi hamda “Made in Uzbekistan” Savdo-missiyasidagi ishtiroki

Mahalliy kompaniyalarning Seuldagi “Korea Import Fair” xalqaro koʻrgazmasi hamda “Made in Uzbekistan” Savdo-missiyasidagi ishtiroki



O‘zbekistonlik bir guruh ishbilarmonlar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan savdo-missiyada ishtirok etdi.

Savdo-missiya, shuningdek, 29-iyundan 1-iyulgacha Seul shahrida boʻlib oʻtgan “Korea Import Fair” xalqaro koʻrgazmasini tashkil etish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Savdo-missiya O‘zbekiston milliy mahsulotlarini Janubiy Koreya bozoriga olib chiqish, o‘zbek va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida savdo aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga ko‘maklashish, xorijiy hamkorlar sonini kengaytirish, hamkorlikning yangi platformalarini yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekistonning 11 ta yetakchi ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etdi. Biznes-missiya davomida O‘zbekiston kompaniyalari o‘z mahsulot namunalarini Koreyaning yirik brendlari va chakana savdo korxonalariga taqdim etib, ular bilan B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazdi.



O‘zbekiston ishlab chiqarishning turli sohalarida hamkorlikni kengaytirishdan har tomonlama manfaatdor. Bu ikki mamlakat ishbilarmon doiralari savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qo‘shishiga umid qilamiz.



Группа бизнесменов Узбекистана приняла участие в Бизнес-миссии, прошедший в Южной Корее.

Проведение бизнес-миссии, как и организация Международной выставки "Korea Import Fair", состоявшейся недавно в Сеуле в период с 29 июня по 1 июля,  осуществилась при поддержке Агентства продвижения экспорта при Министерстве инвестиций, промышленности и торговли.

Бизнес-миссия проводилась с целью продвижения выпускаемой национальной продукции Узбекистана на рынок Южной Кореи, содействия в установлении и развитии торговых связей между узбекскими и иностранными компаниями, подбора иностранных партнеров, поиска новых платформ сотрудничества.

В данном мероприятии приняли участие 11 ведущих производственных предприятий Узбекистана. В ходе работы бизнес-миссии узбекские компании с образцами своей продукции провели B2B встречи с крупнейшими корейскими брендами и розничными торговцами.

Узбекистан искренне заинтересован в расширении сотрудничества в самых различных отраслях. Надеемся, что деловые круги двух стран внесут свою лепту в активизацию торгово-экономических отношений. 



Report Page