Mahalliy kimyo sanoatida kooperatsiya aloqalarining rivojlanishi

Mahalliy kimyo sanoatida kooperatsiya aloqalarining rivojlanishi

EconomyPress

So‘nggi 10 yilda dunyo kimyo sanoatida barqaror rivojlanish dinamikasi saqlanib qolmoqda. Shu davr mobaynida kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 60 foizdan oshdi.

Bugun, kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish darajasi yurtimizning innovatsion rivojlanishining muhim mezonlaridandir. Mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarishda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish, ichki tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini ko‘paytirish maqsadida kimyo sanoatining salohiyatini rivojlantirish uchun keng zamin yaratilmoqda.

«O‘zkimyosanoat» AJ ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda kimyo sanoatining o‘sish sur’ati 108,2 foizni tashkil etdi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 10 – martdagi qaroriga muvofiq 15 turdagi umumiy qiymati 369,4 mlrd. so‘m bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari uchun qo‘shimcha loyihalarni hisobga olgan holda 22 turdagi kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarilishiga erishildi.

Bundan tashqari,o‘tgan yilning hozirgi davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi oshishiga erishilib, kaliyli o‘g‘itlar, natriy xlorid , avtoulov shinalari va boshqa 12 turdagi yangi mahsulotlar kimyo sanoati tomonidan o‘zlashtirildi.

Qo‘shimcha qilib aytganda, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo'llanilgan chora-tadbirlar natijasida 255,12 mlrd. so‘m (yillik xarajatlarga nisbatan 3,6% foiz) miqdorida xarajatlarni pasaytirishga erishildi.

Elektron kooperatsiya portali orqali savdo qilnayotgan mahsulotlarning qarib 13 foizini aynan kimyo sanoati mahsulotlari tashkil qilishi mahalliy kimyo sanoatining rivojlanayotganidan dalolat beradi.

Portal orqali shu kungacha 241 mlrd so‘m miqdoridagi kimyo sanoati mahsulotlari savdo qilingan.Hozirda, portalda jami 3597 dan ortiq mahalliy kimyo sanoati korxonalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, umimiy 2,763 turdagi mahsulotlar savdoga qo‘yilgan.

Jumladan, «Navoiyazot» tomonidan mahsulot sotib olish bo‘yicha qiymati 18,4 mlrd.so‘mlik jami 180 ta, mahsulot sotish bo‘yicha qiymati 50,6 mlrd.so‘mlik 117 ta shartnomalar tuzilgan. « Maksam-Chirchiq» AJ tomonidan mahsulot sotib olish bo‘yicha qiymati 76,4 mlrd.so‘mlik 627 ta hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Shuningdek, « Dehqonobod Kaliy Zavodi» AJ va «Birinchi Rezinotexnika Zavodi» MChJ tomonidan sotib olish bo‘yicha umumiy qiymati 21,5 mlrd.so‘mlik 243 ta shartnoma tuzilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati



Report Page