Mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Shofirkon tuman

Shofirkon tuman hokimligida mahallalardagi xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlarning faoliyatga samarali kirishish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida "Oilada maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari D.G'afforova, Buxoro Davlat Universiteti "Islom tarixi va manbaashunosligi, falsafa" kafedrasi dotsenti H.Jo'rayev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari T.Yo'ldosheva, Shofirkon tuman mahallalarida tayinlangan 50 nafar xotin-qizlar faollari, korxona va tashkilotlar masʼul xodimlari ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari D.G'afforova "Xotin-qizlar o'rtasida madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, oilaviy, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash" mavzusida ma'ruza qildi. 

Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʼlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan. Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Mahmudxoʼja Behbudiy, Аbdurauf Fitrat, Аbdulla Аvloniy, Аbdulla Qodiriy, Choʼlpon, Munavvarqori Аbdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʼzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʼli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʼlmasligini taʼkidlashgan,-deydi RMMM Shofirkon tuman boʼlinmasi rahbari D.G'afforova

Bugungi shiddat bilan oʼzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʼzbekiston oʼz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʼlmoqda.

Mavzu yuzasidan mahallalardagi xotin-qizlar faollari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Shofirkon tuman bo'linmasi

Report Page