“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi.

“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi.


Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Xususan, oilaviy sport rag‘batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

2022 yildan har yili 30 iyun – O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda o‘tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, engil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo‘yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o‘tkaziladi.

1-bosqichda – ko‘chalararo mahalla musobaqalari;

2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;

3-bosqichda – sektor musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida tuman (shahar) musobaqalari;

4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g‘olib mahalla jamoalari o‘rtasida viloyat musobaqalari;

5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g‘olib bo‘lgan mahalla jamoalari o‘rtasida respublika (final) musobaqalari.

Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladi.

2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Yuqoridagi musobaqalar g‘oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi:

tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi; 

viloyat bosqichi musobaqalarida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;

respublika (final) bosqichida g‘olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.



Report Page