“Mahallada duv-duv gap!”

“Mahallada duv-duv gap!”


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalardan kelib chiqib, jamiyatimizdagi yangilanish ruhini har bir yurtdoshimizga yetkazish, shu asosda aholi qalbi va ongida vatanparvarlik ruhini ko‘tarish, jamiyatga sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish maqsadida Respublika miqiyosida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Olot tumanidagi 3-umumta'lim maktabida "Yosh botir'" va "Bo'ston" mahalla fuqarolar yig'ini aholisi ishtirokida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Mahalla-xalq bilan davlat o'rtasidagi ishonch ko'prigi sifatida xizmat qiladigan, insonni jamiyatning bir qismi bo'lishga o'rgatadigan, uni bag'rikenglik ruhida tarbiyalaydigan noyob ijtimoiy tuzilma. Mahalla - ulug' qadriyatlarimizning beshigi.

Tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad: yosh avlodni ajdodlar ruhiga hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularga vatanparvarlik g'oyalarini singdirish, yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini kо‘tarish va dahldorligini oshirishdan iboratdir.

Bugungi tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi xodimlari, tuman Xalifa jome' masjidi Imom-xatibi va "Nuroniylar kengashi" raisi, "Ma'rifat targ'ibotchilari" jamiyati a'zosi, shoir Jo'ra Hamroyev ma'ruzalar o‘qidilar.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Olot tuman bo'linmasi.




Report Page