“Mahalla qadriyatlar beshigi”

“Mahalla qadriyatlar beshigi”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi

Mahalla qadimdan tarbiya o‘chog‘i, odamlarni hamjihatlik, uyushqoqlik asosida turmush kechirishlarini ta’minlovchi go‘sha hisoblangan. Katta hayotiy tajribaga ega keksalar, ko‘pni ko‘rgan nuroniylar mahalladagi barcha ishlarni, marosimu to‘ylarni boshqarganlar. Mahalla ahliga barcha masalalarda yo‘l-yo‘riq, maslahatlar berganlar. Shu ma’noda aytish mumkinki, mahalla mazmun va mohiyatiga ko‘ra xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari ulug‘lanadigan, o‘ziga xos tarbiya va ma’naviyat beshigi hisoblanadi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Buxoro tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limida “Mahalla qadriyatlar beshigi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi rahbari Jasur Aslonov, oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni targ‘ib etishda mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimiz alohida o‘rin tutishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda mas’ullar hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla aholisi hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalardagi ibratli oilalar, iqtidorli yoshlar, faxriylarning ibratli hayot yo‘llari haqida yoshlarga hikoya qilib berish maqsadida tizimli ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazilishiga kelishib olindi.


Report Page