Mahalla bankiri

Mahalla bankiri

Guzalkhon Shonazarova

Vakansiya haqida toʻliq ma'lumot:


Qanday vazifalar kutmoqda:

• Biriktirilgan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni tahlil qilish va muammolarni aniqlash;

• Aholi bilan muntazam muloqot o‘rnatish, ularning ishga qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rganish;

• Aholi tomonidan bildirilgan g‘oyalarni tahlil qilib, amaliy imkoniyatlarini baholash;

• Aniqlangan g‘oyalarni biznes-loyihalarga aylantirishda va zarur hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish;

• Bank kreditlari va davlat subsidiyalaridan foydalanish tartiblari bilan tanishtirish;

• Kredit arizalarini to‘g‘ri tayyorlash va mablag‘larni samarali sarflash bo‘yicha maslahat berish;

• Kredit mablag‘larini qaytarilishini ta’minlash;

• Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalar olish jarayonida yordam berish;

• Loyihalarni amalga oshirishni nazorat qilish va yuzaga kelgan muammolarni hal qilish;

• Loyihalarning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va maslahat berish;

• Bank va hokimiyatga hisobotlar taqdim etish;

• Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish uchun o‘quv seminarlar tashkil qilish.



Biz Sizdan nimalar kutmoqdamiz:

• Oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish;

• Bankda kreditlash yo‘nalishida kamida 1 yil va undan ortiq ish tajribasiga ega bo‘lish;

• Bank moliya iqtisodiyot sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini bilish;

• O‘zbek tilini yaxshi bilish;

• Kompyuter texnikasi va MS Office dasturlarining (xususan Word, Excel va PowerPoint) barcha imkoniyatlaridan bemalol foydalana olish;

• Tahliliy ishlarni bajarishdagi ko‘nikmalarga ega bo‘lish.


An'anaviy ma'lumotnomangizni quyidagi xodimga yuboring:

@Guzalkhon_Shonazarova

Report Page