Mahalla – tinchlik-osoyishtalik, obodlik va farovonlik markazi

Mahalla – tinchlik-osoyishtalik, obodlik va farovonlik markazi


"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida poytaxt mahallalarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o’z xizmat vazifalarini davom ettirishmoqda. Xususan, psixologlar e’tiboridan yoshlar masalalari ham chetda qolmaydi. Mazkur hafta davomida I.Asilova probatsiya hisobida turuvchi va huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish maqsadida ular bilan suhbatlar va psixokorreksion testlar o’tkazdi. Yoshlarni qiynayotgan masalalarni tinglab, qiyinchiliklarni to’g’ri yengib o’tishlari uchun motivatsiya berdi. 

Shuningdek, bugun mahalla faollari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj qariyalar bilan suhbatlar o’tkazilib, ular "Ayollar daftari" roʻyxatiga kiritilgan so’ng ega bo’ladigan imtiyozlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi. 

Olmazor tumani "Qichqiriq" mahallasi

Report Page